Ijtimoiy darvinizm - 19-asr ning 2-yarmi — 20-asr ning boshi jamiyatshunosligidagi oqim. U tabiiy tanlanish, yashash uchun kurash va tirik qolish uchun moslashishdan iborat biologik tamoiillarni jamiyat xayotining belgilovchi omillari sifatida talq-in qiladi. Bu bilan ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini biologik hayot qonu-niyatlaridan kelib chiqqan holda tu-shuntirishga urinadi (G. Spenser, J. V. Lapuj, L. Voltman, U. Bejgot, L. Gumplovich, G. Ratsenxofer, U. G. Sam-ner, A. Smoll, E. Ferri va b.). I. d. vakillari biologik va ijtimoiy hodisalar oʻrtasidagi muayyan mavjud aloqalarni koʻrsatib berib, jamiyat hayotidagi ziddiyatlarni toʻgʻri taʼkid-lasada, biroq, ular taʼlimotidagi poydor tamoyillar mohiyatan gʻayriilmiydir. I. d. ning asosiy nazariy qusurlari quyidagilar: ijtimoiy ni-zolarni "tabiiy" deb hisoblash; ijtimoiy hayotning nisbiy mustaqilligini va jamiyat qonuniyatlarining oʻziga xosligini inkor etish, yaʼni jamiyat qonuniyatlarini biologik qonuniyatlardan keltirib chiqarish; salbiy ijtimoiy illatlarni abadiy, yoʻq qilib boʻlmaydi deb koʻrsatish yoki ularni biologik yoʻllar (irsiyatni yaxshilash) orqali bartaraf etish va hokazo. I.d. muayyan vaziyatda ijtimoiy adolatsizlikni xaspoʻshlash, irqchilik va tashqi siyesat sohasidagi tajovuzkorliklarning gʻoyaviy asosi boʻlib xizmat qilishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil