Ijtimoiy tizim — jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal qilishini aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular oʻrtasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Ularning oʻzaro munosabatlari, shu jamiyatdagi tartib-qoidalar, mulkka egalik qilish, i.ch. munosabatlari shakli jamiyatning kan-day tuzumda ekanligini koʻrsatadi. Har qanday I.t. asosida iqtisodiy munosabatlar yetakchi rol oʻynaydi. Ijtimoiy munosabatlar va uning boshqa shakllari bir-birini toʻldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. Shoʻrolar tuzumida ijtimoiy mulkning roli haddan tashqari kuchaytirilib, xususiy mulk taqiqga uchradi. Natijada shaxs mulkidan be-gonalashib, oʻz mulkiga egalik qilish huquqidan mahrum boʻlib qoldi. Bu holat jamiyatning iqtisodiy asosi yemirilib borishiga yoʻl ochdi va oxiroqibatda mazkur totalitar tuzumning oʻzi yemirildi. Marksistik konsepsiyada I.t. tushunchasi formatsiyalar nuqtai nazaridan talqin etilib, har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mos keluvchi I.t. qaror topishi hakidagi gʻoya ilgari surilgan. I.t. tushunchasi oʻta siyosiylashtirilib, u sinfiy kurash nuqtai nazaridan tushuntirilgan. Marksizmda jamiyat tarixida boʻlib oʻtgan tuzumlarni sinflar paydo boʻlguncha oʻtgan tuzumlar, sinfiy tuzumlar va sinfsiz tuzumlarga ajratib koʻrsatilgan. Unda sinflargacha davr ibtidoiy tuzum deb atalgan, sinfiy tuzum esa ikkiga ajratib talqin etilgan. Ularning birinchisi — antagonistik sinflar tuzumi: quldorlik, feodal va ka-pitalistik tuzum, ikkinchisi — no-antagonistik sinflar tuzumi — sotsi-alistik tuzum va nihoyat sinfsiz tuzum — kommunizm hisoblangan. Marksistik konsepsiyada sotsializm va kommunizm tuzumlari umumiy nom bilan kommunistik tuzum deb atalgan. Sotsializm kommunistik tuzumning quyi bosqichi (bunda bir-biriga dust sinflar boʻladi), kommunizm esa kommunistik (sinflarsiz) tuzumning oliy boskichi deb hisoblangan. Bunda I.t, larning biridan ikkinchisiga utishi va rivojlanishining asosiy omili sinfiy kurash deb uktirilgan. Bu bilan marksist-mafkurachilar jamiyatni birbiriga qaramaqarshi kuchlarga ajratib tashlagan. Bu kuchlardan bir tomonini ilgor, ikkinchi tomonini esa reaksion kuchlar deb atagan. Shun-day qilib, marksistik mafkura jamiyatning asosini tashkil etuvchi ijtimoiy guruhlarish birbiri bilan kelishmaydigan dushman kuchlar deb eʼlon qilib, ularni bir-biriga qaramaqarshi qoʻyadi. Shu tariqa marksizmda so-sialistik tuzum, garchi uning ishlab chiqaruvchi kuchlari kapitalistik tu-zumdagi davlatlar singari rivojlanmagan boʻlsa ham, ijtimoiy taraqqiyotda yuqori pogʻonada turadi deb taʼkidlanadi. Bu jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlariga zid xulosa edi. Jamiyatshunoslikda I.t.ga marksistik yondashishdan tashkari etnik, sivilizatsiyaviy, iqtisodiy, texnologik, diniy yondashishlar ham mavjuddir. Ularning umumiy jihati mazkur masalani ijtimoiy munosabatlarning muayyan shakliga tayanib aks ettirishi- ijtimoiy himoyadadir. Aslida I.t. tushunchasi jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qanday rivojlanganligini koʻrsatuvchi tushuncha, xolos. Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan boʻlsa, i.ch., texnika va texnologiya ham shunchalik rivojlangan boʻladi, bu esa, oʻz navbatida, ijtimoiy taraqqiyotning yuksalish dara-jasini belgilaydi. I.t.ning ravnaqi ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga bogʻliq boʻlsa, jamiyatning holati undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga bogʻliqdir. Ijtimoiy munosabatlarning ravnaqi, oʻz navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning, texnika va texnologiyaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti I.t. taraqqiyoti bilan chambarchas boglangandir.

Hoz. paytda Oʻzbekistonda bozor iqti-sodiyotiga asoslangan demokratik ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi I.t. qaror topmoqda.

Adabiyot

tahrir
  • Mustaqillik mafkurasi va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurishning ikti-sodiy, ijtimoiy va maʼnaviy negizlari, T., 2001.

Baxtiyor Toʻrayev, Roʻzimboy Reimboyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil