Ikigai (生き甲斐, adab. 'bor boʻlish sababi') yaponcha tushuncha boʻlib, insonga maqsad, yashash uchun sabab tuygʻusini beradigan narsa sifatida tushuniladi.

Maʼnosi va etimologiyasi

tahrir

Oksford inglizcha lugʻatida " ikigai " „insonga yashash uchun maqsad yoki sabab beradigan narsa yoki odam va unga motivatsiya beruvchi kuch“ deya taʼrif beriladi. Umuman olganda, bu mamnuniyat yoki qoniqish beradigan narsa sifatida ifodalanishi mumkin.

Bu atama ikkita yaponcha so‘zni birlashtirgan : iki va kai (ketma-ket gai deb aytiladi), "yashash uchun tirik bo‘lish sababini topish; hayotdan maʼno; nima hayotni yashashga arzigulik qiladi; „raison d'être“.

Xulosa

tahrir

Ikigai hayotda maqsadga ega boʻlishni, shuningdek, motivatsiyani tasvirlashi mumkin. Michiko Kumano tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, yapon tilida tasvirlanganidek, ikigai tuygʻusi, odatda, odamlar oʻz qiziqishlari tomon harakat qilayotgan vaqtdagi muvaffaqiyat va qoniqish hissini anglatadi. Shaxsda ikigai tuygʻusini keltirib chiqaradigan harakatlar majburiy paydo boʻlmaydi. Ular oʻz-oʻzidan paydo boʻladi va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi deb tushuniladi. Shuning uchun bu shaxsga va insonning ichki meniga bogʻliq deb qaraladi.

Psixolog Katsuya Inouening fikriga koʻra, ikigai ikki jihatni oʻz ichiga olgan tushunchadir : „ Hayotga maʼno yoki qiymat olib keladigan manbalar yoki obyektlar '', '' Kishi oʻz hayotining maʼnoga ega ekanligini undagi mavjud boʻlgan manba yoki obyektlardan his qilish“. Inoue ijtimoiy nuqtai nazardan ikigaini: ijtimoiy ikigai, ijtimoiy boʻlmagan ikigai va jamiyatga qarshi ikigai kabi uchta yoʻnalishga ajratadi. Ijtimoiy ikigai volontyorlik faoliyati va toʻgarak mashgʻulotlar orqali jamiyat tomonidan qabul qilingan ikigaini bildiradi . Ijtimoiy boʻlmagan ikigai — bu jamiyat bilan bevosita bogʻliq boʻlmaydigan ikigai, misol uchun eʼtiqod yoki oʻzini biron narsaga undash. Jamiyatga qarshi ikigai bu kimdandir yoki nimadandir nafratlanish yoki qasos olish istagida davom etish kabi negativ his-tuygʻularni boshdan kechirishga asosiy turtki hisoblanadi[1].

National Geographic muxbiri Den Buettner ikigai Okinava aholisining uzoq umr koʻrishining sabablaridan biri boʻlishi mumkinligini aytdi[2]. Buettnerning soʻzlariga koʻra, Okinavalik odamlar sogʻlom boʻlganliklari sababli ularda nafaqaga chiqish istagi kamroq boʻladi va ular yana oʻzlarining sevimli ishlari bilan shugʻullanishda davom etadilar. Shuningdek Okinava aholisining uzoq umr koʻrishida Moai yaqin doʻstlar guruhi muhim sabab deb qaraladi[3].

Dastlabki ommalashishi

tahrir

ikigai tushunchasi yapon madaniyatida uzoq vaqtdan beri mavjud boʻlsa-da, u birinchi marta yapon psixiatri va akademik Mieko Kamiya tomonidan 1966 yildagi "On the Meaning of Life" (yaponcha: 生きがいについて ikigai ni tsuite?) kitobida mashhur boʻlgan[4]. Kitob hali ham ingliz tiliga tarjima qilinmagan.

Ahamiyatliligi

tahrir

1960, 1970 va 1980-yillarda ikigai jamiyatni yaxshilash („oʻz xohish-istaklarini boshqalarnikidan ustun qoʻyish“) yoki oʻzini yaxshilash („oʻz yoʻlidan borish“) uchun tajriba sifatida qaralgan[5].

Antropolog Chikako Ozava-de Silvaning soʻzlariga koʻra, Yaponiyadagi keksa avlod uchun ularning ikigaisi „kompaniya va oilaning standart qolipiga mos kelish“ edi va shu bilan bir vaqtda yosh avlodning ikigaisi esa ularning „ Kelajakda ular kim boʻlishi mumkinligi haqidagi orzular“i edi[6].

Koʻp tadqiqotlar ikigaini his qilmaydigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli koʻproq ekanligini koʻrsatdi. Biroq bu borada malign oʻsmalarning rivojlanishi bilan hech qanday bogʻliqlik yoʻq edi[7][8].

Maʼlumotnomalar

tahrir
  1. Inoue, Katsuya. Psychology of Aging. Chuo Hoki Shuppan, 2000 — 80–99, 144–145-bet. ISBN 978-4805818954. 
  2. Buettner. „How to live to be 100+“. TED (2009-yil sentyabr). 2019-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-sentyabr.
  3. García, Héctor. Ikigai: The Japanese Secret to a Long and Happy Life. Penguin Books, 2017. ISBN 978-0143130727. 
  4. Kamiya, Mieko. "『生きがいについて』 ("On the Meaning of Life" in Japanese)". Japan: Misuzu Shobo, 1980. ISBN 4622081814. 
  5. Manzenreiter, Wolfram. Happiness and the Good Life in Japan (en). Taylor & Francis, 2017-03-27. ISBN 978-1-317-35273-0. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr. 
  6. Ozawa-de Silva, Chikako (2020-02-11). "In the eyes of others: Loneliness and relational meaning in life among Japanese college students" (en). Transcultural Psychiatry 57 (5): 623–634. doi:10.1177/1363461519899757. ISSN 1363-4615. PMID 32041496. 
  7. Sone T.; Nakaya N.; Ohmori K.; Shimazu T.; Higashiguchi M.; Kakizaki M.; Kikuchi N.; Kuriyama S. et al. (2008). "Sense of life worth living (ikigai) and mortality in Japan: Ohsaki Study". Psychosomatic Medicine 70 (6): 709–15. doi:10.1097/PSY.0b013e31817e7e64. PMID 18596247. 
  8. Tanno K.; Sakata K.; Ohsawa M.; Onoda T.; Itai K.; Yaegashi Y.; Tamakoshi A. (2009). "Associations of ikigai as a positive psychological factor with all-cause mortality and cause-specific mortality among middle-aged and elderly Japanese people: findings from the Japan Collaborative Cohort Study". Journal of Psychosomatic 67 (1): 67–75. doi:10.1016/j.jpsychores.2008.10.018. PMID 19539820. 

Havolalar

tahrir

Andoza:Japanese social terms