Ikki haqiqat nazariyasi -falsafa va ilohiyotni haqiqatni bilish hamda xudoga yaqinlashishning ikki mustaqil yoʻli deb talqin etuvchi taʼlimot. U oʻrta asr madaniyatiga aristotelizmning kirib kelishi bilan bogʻliq. I. h. n. Sharq falsafasi tarixida uzoq evolyusion yoʻlni bosib oʻtgan. Oʻrta osiyolik mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar I. h. n.ga dastlab yaqinlashganlar. I. h. n. 12—14-asrlarda keng rivojlanib, Ibn Rushd falsafasida takomilga yetgan. Ibn Rushd qarashlariga koʻra, falsafa atrofdagi olamni aql-idrok bilan bilish orqali insonni hakiqatga olib boradi. I.h.n. lotin averroizmida (Si-ger Brabantskiy, Paduya maktabi va b.) aniq taʼriflab berilgan. Aristotel gʻoyalarini averroistik talqin qilish xristian aqidalariga zid boʻlgan va u cherkov tomonidan qoralangan. I. h. n. falsafa tarixida ratsionalizmning rivojlanishiga turtki bergan. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil