Ikki jism masalasi - butun olam tortishish qonunita muvofiq, birbiriga bogʻliq ikki jismning harakati haqidagi masala. Bunda moddiy nuqta deb hisoblanadigan shu jismlardan birining ikkinchisiga nisbatan harakati tekshiriladi. Ikki jismning oʻzaro tortishishi natijasida biri ikkinchisiga nisbatan aylana, ellips, parabola yoki giperbola boʻylab harakatlanadi. Yuqoridagi differensial tenglamani integrallab, const ni hosil qilish mumkin. Demak, m ning M atrofida aylanish jarayonida uning radius-vektori vaqt birligida chizgan yuzasi oʻzgarmaydi. I. j. m.ni yechishda Kepler ning uchinchi qonuni keltirib chiqariladi. I. j. m. yechimlari osmon jismlarining harakatini taqribiy hisoblashda qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil