Ikkilamchi ogʻizlilar
Ikkilamchi ogʻizlilar (Deute-rostomia) — ikki yonlama simmetriyali hayvonlar (Bilateria) kenja boʻli-mi, birlamchi ogʻizlilarning aksi. Bir xil nazariyalarga qaraganda birlamchi ogʻizlilar va I.o. biri ikkinchisidan mustaqil holda radial simmetriyali hayvonlardan kelib chiqqan, boshqa xil nazariyalarga binoan birlamchi va I.o.ning umumiy ajdodi tuban chuvalchanglar (skoletsidlar)ga oʻxshash boʻlgan. I.o. ikkilamchi (selom) tana boʻshligʻiga ega hayvonlar boʻlib, ontogenezda ularning birlamchi ogzi (blastopor) oʻrnida anal teshik vujudga keladi, haqiqiy, yaʼni ikkilamchi ogʻiz esa murtakning old tomonida paydo boʻladi. Mezodermaning birlamchi ichakdan ajralib chiqishi bilan I.o. birlamchi ogʻizlilardan farq qiladi. Tuban I.o.ning tuxumi radial yoʻnalishda maydalanadi. I.o.ga chalaxordalilar, ignaterililar va xordalilar kiradi. Baʼzan I.o.ga kiljagʻlilar ham kiri-tiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |