Ikrom Otamurod – Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yili Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi Kasbi qishlogʻida tavallud topgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1969-1974-yillarda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. „Ufqlar orti bepoyon“ hamda „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ kabi asarlar muallifi [1].

Mehnat faoliyati

tahrir

1974-1975-yillarda Oʻzbekiston ensiklopediyasi nashriyotida muharrirlik qildi. 1975-yildan to shu kunga qadar „Sharq yulduzi“ jurnalida avval adabiy xodim, soʻng sheʼriyat boʻlimining mudiri lavozimlarida ishladi [2].

Asarlari

tahrir

„Vaqt ranglari“ (1982), „Janub qushlari“ (1984), „Toʻrgʻayli manzillar“ (1985), „Ufqlar orti bepoyon“ (1987), „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ (1987), „Sopol siniqlari“ (1994), „Sen“ (1996), „Ichkari va tashqari“ (1997), „Istarim“, „Yobondagi yolgʻiz daraxt“, „Qush“, „ Huviyyat“, „Ruhimning qaygʻusi“ (1996), „Koʻnglim oʻzing“ (2004), „Tavr“ (2005), „Tanazzul“ (2008), „Xaritaga tushmagan joy“ (2011), „Muqaddar“ (2012) [3].

Dostonlari

tahrir

Falastinlik shoir Muin Bsisuga bagʻishlangan „Yarador umid otlari“ (1986), „Uzoqlashayotgan ogʻriq“ (1990) [4].

Tarjimalari

tahrir

Uolt Uitmen, Pablo Neruda, Yevgeniy Yevtushenko, Oʻljas Sulaymon kabi shoirlarning sheʼr va dostonlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan [5].

Mukofotlari

tahrir

"Do‘stlik" ordeni (1999).

Ayni paytda shoirning asarlari turk, arab, bulgʻor, rus, moldavan, ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, tojik, gruzin tillariga tarjima qilingan [6].

Manbalar

tahrir