Ikromov Imomjon (1891.29.4-Toshkent —1980.29.8) — sozanda (gij-jak), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1953). Turkiston xalq konservatoriyasida (1918—22), Moskva oʻzbek opera studiyasida (1939) taʼlim olgan. Samarqand pedagogika bilim yurtida oʻqituvchi, Samarqand musiqali drama teatrida sozanda (1924-27). Oʻzbekiston radiosi milliy cholgʻu ansambli tashkilotchilaridan, konsertmeyster, musiqa rahbari (1927— 41), badiiy rahbari (1941—47), yana konsertmeyster (1947—53). Turli janrlarda 200 ga yaqin kuy va qoʻshiq yaratgan. "Kolxoz qizi", "Soʻlim" (1933), "Tortadur" (1939) qushiklari I.ning ilk asarlaridan. "Vatan qoʻshigʻi" (1951), "Indamadi" (1958), "Oʻynasin" (1959), "Qoʻlda raʼnosi bilan" (1960), "Serquyosh Oʻzbekistonim" (1965), "Gul teraman saralab" (1971), "Zeboga xos" (1979) kabi qoʻshiklari oddiyligi, taʼsirchanligi, ohangdorligi, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. I.ning koʻpgina qoʻshiqlari (mas, "Tez te-ring", "Sher yigit", "Daryosi koʻp, dardga davo yaliyali") xalq yallalariga aylanib ketgan. U "Munojot", "Choʻli Iroq", "Ajam" kabi cholgʻu kuylarining ashula yoʻllarini yaratgan. I.ga bagʻishlangan telefilm ("Imomjon Ikromov") ishlangan (1991).

Manbalar

tahrir
  • Ul sarvi gulroʻ kelmadi, 1—2-kitoblar, T., 1986-90.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil