Ikromov Usmon (1875—Toshkent— 1960) — ganchkor usta; usta M. Usmonovning otasi. Ganch oʻymakorligini usta Rasulhoji bilan birga ishlab oʻrgangan. I. ozgina naqsh boʻlaklarini maho-rat bilan qoʻllab, murakkab, rang-barang jozibali mujassamotlar yaratgan; ishlarida choka va loʻla pardozni koʻp qoʻllagan, guldastali us-tun, ravoklarni islimiy ruta, 5, 6, 8 j raxli girixlar bilan bezab, ganch oʻymakorligi ishlarini bajargan. Dastlab ‘’ xususiy binolarni bezagan. Hamza teatri (1929, qoz. Abror Hidoyatov nomidagi teatr), Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi (1939, hozirgi Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi), hozirgi Muqimiy teatri (1943-44), Navoiy teatri (1945-46) binolarini bezashda qatnashgan. Us t a Shirin Murodov, T. Arslonqulov, A. Boltayev, Sh. Gʻafurov va b. bilan birgalikda Polovsev uyi (hoz. Amaliy sanʼ-at muzeyi, 1941) ni taʼmirlashda ishtirok etgan. I. ishlaridan namunalar Oʻzbekiston sanʼat muzeyida saqlanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil