Iksod kanalar (Ixodidae) - parazit kanalar oilasi. Och I. k. ning kat-taligi 1—10 mm. Tanasi elastik kutikula bilan qoplangan. Oziklanganda kutikulasi choʻzilish xususiyatiga ega. 1000 ga yaqin turi bor. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda, ayniqsa tropik va subtropik mintaqalarda, Oʻrta Osiyoda esa Hyalomma, Ornithodorus va b. urugʻlarining turlari keng tarqalgan. Yovvoyi va uy hayvonlarining qonini soʻradi. Bir qancha turlari odamlarga ham yopishadi. I. k. odamlari kana ensefaliti, tulyaremiya; qishloq xoʻjaligi xayvonlarida piraplazmoz va b. infeksi-on kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi. I.k. dan it kanasi (Ixodes ricinus), tayga kanasi (I. persulcatus) shim. mintaqalarda keng tarqalgan xav-fli parazitlar boʻlib, Oʻrta Osiyoda uch-ramaydi. Voyaga yetgan kanalar — yirik hayvonlarning qonini soʻradi; lichinkalari mayda sut emizuvchilardan kemiruvchilarga va qushlarga yopishib parazitlik qilib yashaydi. I. k. 10 min-gga yaqin, tropik mintakada uchraydigan ayrim turlari 30 mingtagacha tu-xum qoʻyadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil