Ilam (Eron)
Ilam (forscha: ⓘ; Īlām sifatida romanizatsiya qilingan)[2] — Eronning Ilam viloyatidagi shahar va uning markazi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 213,579 kishi, 52,474 oila edi[3]. Kabir Kuh togʻ tizmasi shahardan sharqda joylashgan. Gʻarbdan Iroq bilan chegaradosh.
Ilam ئیلام | |
---|---|
Shahar | |
33°38′15″N 46°25′22″E / 33.63750°N 46.42278°E | |
Mamlakat | Eron |
Aholisi (2016 Census) |
194,030[1] |
Vaqt mintaqasi | UTCIRST |
|
Tili
tahrirShaharda janubiy kurd tilida gaplashadigan kurdlar yashaydi[4].
Tillar tarkibi:[5]
Ilamda so'zlashiladigan tillar | ||||
---|---|---|---|---|
Language | percent | |||
Janubiy kurdcha | 83% | |||
Fors tili | 10% | |||
Luri | 3% | |||
Laki | 2% | |||
Arab tili | 2% | |||
Arxitekturasi
tahrirEronning boshqa koʻplab mintaqalari singari Ilomdagi meʼmorchilik anʼanaviy va zamonaviy davrlarni oʻz ichiga oladi. Hududda aholining koʻpayib borishi va rivojlanish meʼmorchilikning anʼanaviy uslubdan zamonaviy uslubga oʻtishiga yordam berdi.
Gubernator qal’asi, Falahati saroyi va Mirgʻulom qal’asi Ilamda saqlanib qolgan anʼanaviy binolarga misoldir. Hovlili uy anʼanaviy uslub binolarining asosiy turi hisoblanadi. Ushbu turdagi binolar iqlim va madaniy sabablarga koʻra butun Eronda asosiy qurilish turi sifatida qabul qilingan. Bu kabi binolar, asosan, gʻishtdan qurilgan. Eron anʼanaviy binolari uchun koʻrsatilgan passiv issiqlik texnikasi odatda bu binolarda qoʻllanadi.
Ilam Gubernator qal’asi hovli tipida qurilgan. Yozda haroratni pasaytirish yashil landshaft, baland daraxtlar va hovuz yordamida amalga oshirilgan. Ilamning Mirgʻulom qal’asi klassik Eron hovlisiga misol boʻla oladi. Ilgari Ilamdagi anʼanaviy binolarda tekis tomlardan foydalanilgan. Buni Falahati saroyi tomida ham koʻrishimiz mumkin[6].
Iqlimi
tahrirIlam Eronning sovuq togʻli mintaqasi dengiz sadhidan 1,319 metr (4,330 ft) yuqori. U Eron gʻarbida 33° 38´ shimoliy kenglikda va 46° 26´ sharqiy uzunlikda joylashgan. Bu shahar togʻlar bilan oʻralgan boʻlsa-da, uning iqlimiga gʻarb va janubdagi choʻllar iqlimining ham taʼsiri bor. Mintaqada yillik ob-havo oʻzgaruvchan. Qishda kuchli yomgʻir yoki qor, yozda esa chang, issiq, quruq ob-havo boʻlishi mintaqa uchun odatiy holdir[7].
Ilam iqlimi Köppen iqlim tasnifi ostida kontinental taʼsirga ega Oʻrta yer dengizi iqlimi (Csa) sifatida tasniflanadi.
Taʼlim
tahrirIlamda quyidagi universitetlar mavjud:
- Ilam tibbiyot fanlari universiteti
- Ilam universiteti
- Ilom islomiy Azad universiteti
- Safir Danesh
- Farhanjon universiteti, Shahid Modares Ilom kampusi (erkaklar) va Imom Jafar Sodiq Ilom shaharchasi (ayollar)
Manbalar
tahrir- ↑ „Statistical Center of Iran > Home“.
- ↑ Ilam (Eron) can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3067203" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
- ↑ „www.amar.org.ir“. 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „زبان و گویش مردم ایلام“ (forscha). خبرگزاری برنا. Qaraldi: 15-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Language distribution: Ilam Province“. Iran Atlas. Qaraldi: 23-avgust 2021-yil.
- ↑ J Khodakarami.
- ↑ J Khodakarami and I Knight.