Jacqueline Ruth Woods (talaffuzi: Jaklin Rut Vuds; 1929-yil 5-may — 2010-yil 1-iyul) Ilene Woods nomi bilan tanilgan, amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. Woods Walt DisneyningCindrella“ animatsion filmi bosh qahramonining asl ovozi boʻlib, u uchun 2003-yilda Disney Legend (Disney afsonasi) nomini olgan.

Ilene Woods
Ilene Woods.png
Tavalludi 5-may 1929-yil(1929-05-05)
A.Q.SH
Vafoti 1-iyul 2010-yil(2010-07-01)
(81 yoshda)
Los Anjels, Kaliforniya, U.S.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi
Turmush oʻrtogʻi
Stephen Steck Jr.
(turm. 1946; ajr. 1954)

Ed Shaughnessy (turm. 1963)
Faoliyat yillari 1941-1985
Mukofotlari Disney Legend (2003)

Yoshlik davriTahrirlash

Woods 1929-yil 5-mayda tugʻilgan. Onasi Woodsni oʻzi bilan birga olib yurgan holda filmlar sahnasida ishlagan. Kichkina qizaloqligida Woods maktab oʻqituvchisi boʻlishni orzu qilgan, ammo onasi uning oʻrniga uni yulduz qilishni rejalashtirgan edi. Woods ikki yoshida aktrisalik faoliyatini boshlagan. 15 yoshida Woods Bob Johnstone bilan birga Paul Whiteman tomonidan 1944-yil yozida „NBC Blue Network“ (keyinchalik u „ABC“ radiosiga aylangan) „The Philco Hall of Fame“ shousida kuylash uchun taklif qilingan. Butun shou haftasiga uch kun efirga uzatiladigan 15 daqiqalik musiqadan iborat edi. Koʻplab qoʻshiq mualliflari oʻz musiqalarini taqdim etish uchun shouga kelishgan; Shunday qilib u Mack David va Jerry Livingston bilan doʻstlashadi. Bir yil oʻtgach, u „On Stage Everybody“ filmida rol ijro etadi, bu uning ekrandagi birinchi chiqishi boʻlgan. Keyin u Kaliforniyaga koʻchib oʻtadi.[1]

Keyingi yillari va vafotiTahrirlash

U 17 yoshida Stephen Steckga turmushga chiqadi va undan Stefani ismli qizi koʻradi. Ajralishganidan keyin u 1963-yilda „The Tonight Show“ barabanchisi Ed Shaughnessyga turmushga chiqadi. Woods va Shaughnessning James va Daniel ismli ikkita oʻgʻli bor edi. Woods oʻzining keyingi yillarini Jack Smith bilan birgalikda Birlashgan Serebral Palsi „Smilin“ telemarafonlarida matbuot kotibi sifatida oʻtkazadi. 

Woods 2010-yil 1-iyulda Los-Anjelesdagi Canoga Parkdagi tibbiy muassasada Alzheimer kasalligining asoratlaridan 81 yoshida vafot etgan.[2]

FilmografiyasiTahrirlash

Yil Nom Rol Izohlar
1945 On Stage Everybody No. 3
1950 Cinderella Cinderella Ovoz (20 yosh)
1972 The Godfather Elena — Matron Akkreditivsiz
1975 Mirror Scrub Woman Akkreditivsiz

RadioTahrirlash

Yil Nom Rol
1944 The Philco Hall of Fame Qoʻshiqchi
1944 The Ilene Woods Show Oʻzi/xost

ManbalarTahrirlash

Andoza:Manablar

  1. „Ilene Woods, voice of Disney's Cinderella, dead at 81“. CNN.com (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 2-may 2011-yil.
  2. McLellan, Dennis. „Ilene Woods dies at 81; voice of Disney's Cinderella“. Los Angeles Times (3-iyul 2010-yil). Qaraldi: 14-iyun 2014-yil.