Ilhom Abdullayev
Abdullaev Ilhom Zairovich (tugʻ. 1965-yil 18-may, Turkmaniston Respublikasi) – matematik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.
Abdullaev Ilhom | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1965 Turkmaniston |
Siyosiy partiyasi | Milliy tiklanish |
Kasbi | matematik |
Maʼlumoti | Turkmaniston davlat pedagogika instituti |
Biografiyasi
tahrirAbdullaev Ilhom 1965-yil 18-mayda Turkmaniston Respublikasida tugʻilgan. 1985-yilda Turkmaniston davlat pedagogika institutini tugatgan. U oʻzbek, ingliz va rus tillarida gaplashadi. Bitirgandan soʻng, u oʻz ixtisosligi boʻyicha ishladi – matematika oʻqituvchisi. Birozdan keyin u fizika-matematika fanlari nomzodi va siyosiy fanlar doktori unvonlarini oldi[1]. 2010-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasiga aʼzo boʻldi[2]. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasining aʼzosi[3].
Mukofotlar
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi sessiyasi doirasida senat raisi Tanzila Norboyeva „Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ mukofotini topshirdi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ https://lex.uz/docs/5113043