Anvar Ilhomov (1946.20.8, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1983). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1963— 68), ToshPIning meʼmorlik fakultetini tugatgan (1973). Toshkentdagi kulollik tajriba zavodi (1967—77), "Us to" birlashmasi (1977—80) da naqqosh, ijodiy guruh rahbari (1980-yildan). I. zamonaviy binolarni anʼanaviy na-qshlar bilan bezashda kulollik buyumlari, naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining uygʻunligiga erishdi. Naq-qoshlikda unutilgan kundal usulini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Naqshlar mujassamotida esa ranglarning bir-biriga mayin bogʻlanishini taʼminladi. Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyining banket zali (1980), "Dilorom" (1980), "Yulduz", "Sirdaryo" qahvaxonalarini, Toʻqimachilar madaniyat saroyi (1987), Guliston shahridagi Sirdaryo teatri (1985), Germaniyaning Ganover shahridagi "Turkiston" restorani (1992), Toshkentdagi "Turkiston" saroyi (1995), Temuriylar tarixi davlat muzeyi (1997), Imom Buxoriy majmuasi (1998), Quva shahridagi Ahmad Fargʻoniy majmuasi (1998) va b. binolarni bezadi.[1]

Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1997).

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil