Ili qoʻzgʻoloni (1864-66) - Xitoydagi taypin qoʻzgʻoloni taʼsirida Sharqiy Turkistondagi tungan va uygʻurlarning milliy ozodlik harakati. 1863-yil oxirida Ili jonjuni (volisi) ga tunganlarni qirib tashlash haqida Pekindan yuborilgan maxfiy koʻrsatma qoʻzgʻolonga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon tezda bostirilib, uning rahbarlari qatl etildi. Biroq, xalq harakati toʻxtamadi. 1864-yil oktabrda Ili aholisi ustma-ust soliklarga qarshi Abdu-rasul Hakimbek rahbarligida yana qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolonchilar Gʻul-janing xitoylar yashaydigan mahalla-siga toʻsatdan kechasi hujum qilib, koʻp qurol-aslahalarni oʻlja oldi. Tezda Tikas, Chilpanza qoʻrgʻonlarini ishgʻ-ol qildi. 1865-yil 20 dekabrda Bayandoy qalʼasi portlatildi. 1866-yil boshlarida manjur askarlarining asosiy qismi joylashgan Gʻulja qalʼalari ham qoʻlga olindi. Shunday qilib, 1866-yil 23 yanvarda Ili oʻlkasining barcha tumanlari manjurlardan tozalandi. Ili qoʻzgʻoloni davomida uygʻur va tunganlarning mustaqil davlati — Ili sultonligi tuzilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil