Ili sultonligi
Ili sultonligi - Ili qoʻzgʻoloni davrida Sharqiy Turkistonda tashkil topgan uygʻur-tungan davlati. Tunganlardan Toji oxun, uygʻurlardan Muazzamxon hukumat boshligʻi qilib tayinlandi. Ikkalasi kelishib, farmon chiqarish huquqiga ega boʻlishdi. Kengashda davlatning quyi organlariham saylandi. I. s. da maxsus harbiy idora va muntazam qoʻshin boʻlmagan, urush harakatlari boshlanganda, aholi oʻz ot-ulovi, oziq-ovqat va qurollari bilan yetib kelgan. Hukumat manjur mansabdorlari va Xitoy askarlarining yerlarini dehqonlarga bepul taqsimlab berdi, kambagʻal dehqonlarni urugʻlik uchun gʻalla, yem-xashak va ot-ulov bilan taʼminladi. Koʻp soliklarni bekor qildi. 1871-yil Ili oʻlkasini Yettishahar hukmdori Yoqubbek tomonidan ishgʻ-ol etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, bu yerni podsho Rossiyasi egalladi. Shu bilan I. s. tugatildi. 1881-yil gi Peterburg shartnomasiga muvofiq, Ili oʻlkasi Xitoyga qaytarib berildi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |