Illustrated American Idioms

Dean Curry qalamiga mansub tasvirli ingliz tili lugʻati

"Illustrated American Idioms" („Rasmlar bilan bezalgan Amerika iboralari“), toʻliq nomi "Illustrated American Idioms: Advanced Level Functional Activities for Development of Vocabulary" („Rasmlar bilan bezalgan Amerika iboralari: Soʻz boyligini oshirish uchun yetuk darajadagi mashqlar“) – Dean Curry qalamiga mansub ingliz tili iboralari toʻplami. Ilk bor 1982-yil Vashington shahrida AQSh Maʼlumot agentligi (inglizcha: United States Information Agency) tomonidan chop etilgan. 1988- hamda 1989-yillarda qayta nashr qilingan.

Illustrated American Idioms: Advanced Level Functional Activities for Development of Vocabulary
Muallif(lar) Dean Curry
Til inglizcha
Janr(lar)i lingvistika
Nashriyot AQSh Maʼlumot agentligi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1982
Sahifalar soni 99

Asarda ingliz tili iboralari, xususan, AQSh ingliz tilisida keng tarqalgan iboralar koʻrib chiqilgan. „Illustrated American Idioms“ ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Oʻquvchi iboralarni eslab qolishi oson boʻlishi uchun har bir ibora rasm bilan bezatilgan. 2010-yilda asar asosida yanada mukammalroq spravochnik – „In the Loop“ idiomalar toʻplamani tuzilgan.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir