In the Loop

ingliz tili idiomalari lugʻati

In the Loop“, toʻliq nomi „In the Loop: A Reference Guide to American English Idioms“ (tarjimasi „Xabardor: Amerika inglizchasi idiomalari boʻyicha spravochnik“) — ingliz tili iboralari toʻplami. Ilk bor 2010-yil Vashington shahrida AQSH Davlat departamenti qoshidagi Madaniy va taʼlim ishlari byurosining (inglizcha: Bureau of Educational and Cultural Affairs) Ingliz tili dasturlari ofisi (inglizcha: Office of English Language Programs) tomonidan elektron kitob oʻlaroq hozirlangan. Qoʻllanma ingliz tili kurslarida keng qoʻllanadi va mutaxassislar tomonidan tavsiya qilinadi[1][2].

In the Loop: A Reference Guide to American English Idioms
Til inglizcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashr etilgan sanasi 2010
Nashriyot Bureau of Educational and Cultural Affairs
Sahifalar soni 128

Qoʻllanmada ingliz tili iboralari, xususan, Amerika ingliz tilisida keng tarqalgan iboralar, ularning izohlari va ular ishlatilgan misollar keltirilgan. „In the Loop“ ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Qoʻllanma Dean Curry qalamiga mansub „Illustrated American Idioms“ hamda Shelley Vance Laflin qalamiga mansub „Something to Crow About“ kitoblari asosida tuzilgan[2]. Qoʻllanmada nafaqat idomalar izohlari va ishlatish misollari, balki ayrim idiomalarning etimologiyasi ham oʻlgan[3]. Shunday boʻlsa-da, ayrim keng tarqalgan idiomalar kiritilmagan[4].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Rushdi, Ali E.; Ahmed, Samara Mohammad; Ismael, Waqqas Saadi (27-yanvar 2023-yil). „EFL Iraqi Learners' Pragmatic Failure in English Animal Idiomatic Expressions“. World Journal of English Language. 13-jild, № 2. 64-bet. doi:10.5430/wjel.v13n2p64.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. 2,0 2,1 Patesan, Marioara; Balagiu, Alina; Zechia, Dana (2013). „Military idioms and their background“. Revista Academiei Fortelor Terestre (inglizcha). 18-jild, № 3. 287–293-bet.
  3. Iris, Spajić „Idioms with animals in English and Croatian“ (inglizcha). Repository of the Faculty of Humanities and Social Sciences Osijek (2015). Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.
  4. Monarrez, Carlos „Why is 'rub some dirt on it' a famous sports idiom?“ (inglizcha). Detroit Free Press (16-iyul 2016-yil). Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.

Havolalar

tahrir