Ilmira Rahimjonova (1969-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Aktrisaga 1997-2000-yillarda suratga olingan Sharof Boshbekovning "Charxpalak" teleserialidagi "Lo'li Maryam" obrazi katta shuhrat olib kelgan.

Ilmira Rahimjonova
Tavalludi 27-sentyabr 1969-yil (1969-09-27) (55 yosh)
Kasbi Aktrisa, rejissor, teleboshlovchi
Faoliyat yillari 1997 — hozirgi kun
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston

Ilmira Rahimjonova Toshkent shahridagi Madaniyat texnikumini tamomlagan. 1990-1994-yillari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Gulyor” folklor etnografik xalq ansamblida baletmeyster boʻlib ishlagan.

Keyinchalik Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida tahsil olgan.

1994-2005-yillarda Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrining xor artisti boʻlib ishlagan.

2005-2016-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida rejissor yordamchisi boʻlib ish boshlaydi. Rejissor va senarist Sobir Nazarmuhammedov shogird boʻlib, rejissorning yordamchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu paytda Rustam Sa’diyevning “Muhabbat sinovlari” (birinchi va ikkinchi qismlari), “Nahotki sen” filmlarida, Bahrom Yoqubovning “Sarvinoz”, “Fotima va Zuhra” badiiy filmlarida rejissor yordamchi sifatida ijod qiladi. Muzrob Boymurodovning “Qonli olishuv” (2003), Umid Hamdaomovning “Shunqorlar”, Farhod Xudoyberganovning “Barakasini bersin” badiiy filmlarida ishlaydi.

Ilmira Rahimjonova 2002-yil “Yoshlar” telekanalidagi “Askar maktublari” koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ish boshlagan.

2016-2017-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida aktrisa sifatida faoliyat koʻrsatadi.

2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respiblikasi Mudofaa vazirligi madaniyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Turon” davlat harbiy teatri akrisasi.

Filmografiyasi

tahrir
Filmlarda
Yil Sarlavha Rol Izoh
2000 Chayongul Guli Drama
2003 Muhabbat sinovlari Bank xodimasi Melodrama
2004 Devona Pochtachi Drama
2005 Fotima va Zuxra Detektiv
2007 Zabarjad Zabarjad Drama
2007 So'ginch sohili Maryam Drama
2008 Iblis devori Ofat Drama
2008 Oydinov Zebo Drama
2010 Farishta Dilhush Drama
2010 Narigi sohildagi bolalik Drama
2010 “Ona” qisqa metrajli film Mushtarak Drama
2020 Faridaning ikki ming qoʻshigʻi Husniya Drama
Seriallarda
Yil Sarlavha Rol Izoh
1997-2000 Charxpalak Lo'li Maryam
2019 Ojiza
2019 Malak
2020 Muhabbat liboslari
2020 Chegaradagi qishloq
Teatrlarda
Yil Sarlavha Rol Izoh
2006 To'maris To'maris Spektakl
2006 Chiston Spektakl
2018 Sarvqomat dilbarim Spektakl
2019 O‘lan Spektakl
2024 Omon bo'lsang unutma Spektakl