Sharof Boshbekov (1951-yil 4-yanvar; Bulungʻur, Oʻzbekiston SSR; 2022-yilning 26-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) – yozuvchi, dramaturg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, „Mehnat shuhrati“ordeni sohibi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.[1]

Sharof Boshbekov
Tavalludi 4-yanvar 1951-yil
Vafoti 26-yanvar 2022-yil(2022-01-26)
(71 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvar Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida tugʻilgan. 1974-yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“ musiqali teatrida, Gulistondagi teatrda aktyor sifatida faoliyat koʻrsatdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (19831985) Oʻzbekiston Milliy teatrida (19861987) adabiy xodim boʻldi.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Sharof Boshbekovning „Taqdir eshigi“, „Eski shahar Gavroshlari“, „Temir xotin“ kabi asarlari teatrlar repertuarlaridan munosib oʻrin egallagan. Inchunin, „Temir xotin“ komediyasi sobiq ittifoq respublikalarining barchasida sahnalashtirilgan.

U kino sohasida ham ijod qildi. Uning stsenariylari asosida „Yuzsiz“, „Tilla bola“, „Temir xotin“, „Ma'ruf va Sharif“, „Masxaraboz“ kabi filmlar suratga olingan. Ayniqsa, „Charxpalak“ seriali mashhur boʻldi.[2]

Sharof Boshbekov dramaturgiyasining kuchi (sehri) asar syujetida emas, gʻaroyib xarakterlar va tilidadir.

„Temir xotin“ asari uchun dramaturg Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Oʻzbek kino sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoniga loyiq koʻrildi (1999-yil). 2001-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlandi.[3]

Vafoti

tahrir

2022-yilning 26-yanvarida vafot etgan[4].

Adabiyot

tahrir

Manbalar

tahrir