Temir xotin
„Temir xotin“ — Sharof Boshbekovning shu nomli asari boʻyicha, rejissor Isamat Ergashevning 1990-yilda suratga olingan kinofilmi. Film qishloq hayotidagi tashvishlarni yoritadi.[1]
Temir Xotin | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Isamat Ergashev |
Prodyuser(lar) | Isamat Ergashev |
Ssenariynavis(lar) |
Sharof Boshbekov Mahmud Toʻychiyev |
Rollarda |
Murod Rajabov Dilorom Egamberdiyeva Jamshid Zokirov Gʻani A'zamov |
Bastakor(lar) |
Farrux Zokirov Rustam Ilyosov |
Kinematografiya | Rifqat Ibrohimov |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | Toshkent, 1990-yil |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Syujeti
tahrirMexanizator Qoʻchqor aka oddiy qishloq hayoti kechiradi. Bir kuni uyga odatdagidek ichib kelib, toʻpolon qilganidan soʻng, uning xotini bolalarni koʻtarib, uydan ketadi („saboq“ boʻlsin, deya). Shu kuni Qoʻchqor akaning uyiga uning tanishi boʻlmish shaharlik muhandis-robotexnik Olimtoy keladi. Olimtoy shu qishloqqa paxta teruvchi ginoid-robotni olib kelib, sinov ishlarini boshlamoqchi boʻladi. Qoʻchqor akaga robot yoqib qoladi, unga „Alomat“ degan ism qoʻyadi. Hatto u bilan oila qurish uchun doʻsti Dasayevni olib kelib, unga nikoh oʻqittiradi. Bu orada Alomat qishloqlik odamlar hayotini tahlil qilib, kognitiv dissonansga uchraydi va yuqori kuchlanishli transformatorga ulanib, xudkushlik qiladi. Olimtoy buni Qoʻchqor akadan koʻradi, u robotni oʻta mushkul ishlar bilan qiynab yuborganini taʼkidlaydi. Qoʻchqor aka bu ayblovlarni rad etadi, Alomatga har oʻzbek ayoli qiladigan kundalik ishining yarmini ham yuklamaganini aytadi.
Rollarda
tahrirAktyor | Rol |
---|---|
Murod Rajabov | bosh qahramon Qoʻchqor aka |
Dilorom Egamberdiyeva | robot Alomat |
Dilorom Qambarova | xotini Qumri |
Jamshid Zokirov | robototexnik Olimtoy |
Nabi Rahimov | kinoartist |
Gʻani Aʼzamov | mulla Dasayev |
Tasviriy guruh
tahrir- Tasviriy guruh
Abbos Toʻlaganov, Bobur Rahmonov
Saundtrek
tahrir"Oq va qora", Farrux Zokirov va Yalla ansambli, Yulduz Usmonova.
Texnik maʼlumotlar
tahrir- „Oʻzbekfilm“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan suratga olingan.
- Badiiy film, rangli.
Manbalar
tahrir