Gʻani Aʼzamov (1909.9.5, Toshkent) – O‘zbekiston xalq artisti (1961). Faoliyatini 1930 yil Hamza teatrida boshlagan. "Halima" musiqali dramasidagi Rahim yamoqchi uning birinchi roli. Uyg‘unning "Qaltis hazil" komediyasidagi Mamarasul sahnadagi ilk yutug‘idir. U yuzga yaqin mukammal obrazlar yarat-gan. Domla imom ("Boy ila xizmatchi"), Munajjim ("Alisher Navoiy"), Arslonsher ("Chin muhabbat"), Soqi sum-bat ("Tog‘a-jiyanlar"), Qambar ("Qutlug‘ qon"), Yusuf ("So‘nggi nusxalar"), Omo-nyor ("Qonli sarob"), Bobchinskiy ("Revizor"), Launs ("Veronalik ikki yigit") va boshqa shular jumlasidan. A. hajviy, dramatik, lirik rollarni bir xil mahorat bilan o‘ynaydi. U qanday rol o‘ynamasin, o‘zining hajvkorlik iste’dodini, o‘tkir kiioyasini ishga so-ladi, ushoqrollarni ham hayotiy tafsi-lot bilan boyitib esda qoldiradi. "Romeo va Juletta", "Gang daryosining qizi" spektakllaridagi Petr va Nabikori rollarida bir so‘z demasada, o‘z shaxsiya-tidan mahrum, mudroq bosgan, nimjon, irodasiz kishilar qiyofasini gavdalan-tirdi. U yaratgan Mo‘min ("Oltin devor"), Almandar ("Almandar") obrazlari aktyor ijodida alohida o‘rin tutadi. Us t a Mo‘minda aktyor kulgi talqinini o‘rni-o‘rnida fojiaga yaqinlashtirdi. S. Ahmadning unga atab yozgan "Kuyov" komediyasida A. gavdalantirgan G‘ani timsolida yolg‘izlik fojiasi yoritildi. Filmlardagi asosiy rollari: Sarta-rosh ("Maftuningman"), Qambar cho‘loq ("Qutlug‘ qon"), Domla imom ("Boy ila xizmatchi"), Qora shoh ("Ikki dil dosto-ni"), Xolmat ("Suyunchi"), Serhunar choy-xonachi ("Temir xotin") va boshqa "Nashtar" satirik kinojurnalining eng faol ishtirokchilaridan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. F. A’zamov Mo‘min rolida (E. Vohidov, "Oltin devor").[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil