Ilonlikoʻl — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi koʻl. Sirdaryoning oʻng sohilida, Dalvarzin choʻlida, Yangixayot qishlogʻidan 5 km jan.sharqda. Mayd. (180 ga) va chuq. (3–4 m) oʻzgarib turadi. Sirdaryoning qoldiq oʻzani oʻrnida hosil boʻlgan. I.ga ekinzorlarning tashlama suvlari va sizot suvlar quyiladi. Qoʻlda qamish, qoʻgʻa va b. suv oʻtlari oʻsadi. Suvi nisbatan shoʻr. I.da baliqchilikni rivojlantirish imkoniyatlari katta.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil