Iloq (tarixiy viloyat)
Iloq — tarixiy viloyat. Toshkent viloyatining jan. qismida. Ohangaron daryosi (13-asr boshlariga qadar I. deb atalgan) havzasida boʻlgan. Qad. dehqonchilik va konchilik mintaqalaridan. Mil. 5-asrdan mustaqil davlat sifatida maʼlum. I. hukmdorlari „Iloq deh-qonlari“ unvoni bilan yuritilib, katta iktisodiy va siyosiy mavqega ega boʻlgan. 6—7-asrlarda ZZ/oshga qoʻshilgan. 9—10-asrlarda 17 shahar boʻlgan. Aholisi dehq-onchilik, chorvachilik, keng koʻlamda maʼdan qazish va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. I. aholisi jangovarligi va erksevarligi bilan mashhur boʻlgan. I.da davlat zarbxonasi boʻlgan. 10-asr oxirlarida I. Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng I. yerlari jaloyirlar kabilasi tasarrufiga oʻtgan. I. nomi 14-asr dan manbalarda uchramaydi. Poytaxti Tunkat sh. boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |