Ilya Aleksandrovich Kulik (ruscha: Илья Александрович Кулик; 1977-yil 23-mayda) — rossiyalik figurali uchuvchi. 1998-yilgi Olimpiya chempioni, 1995-yilgi Yevropa chempioni, 1997—1998-yillardagi Gran-pri finali chempioni va 1995-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempini boʻlgan[1].

Ilya Kulik
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 23-may 1977-yil (1977-05-23) (47 yosh)
Moskva, SSSR
Yashash joyi AQSh
Boʻyi 5 ft 11 in (1.80 m)
Oldingi murabbiylari Tatyana Tarasova
Viktor Kudriavtsev
Oldingi xoreograflari Tatyana Tarasova
Yakunlagan 1998

Faoliyati

tahrir

Kulik besh yoshida konkida uchishni boshlagan. 1994-yil noyabr oyida 1995-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va bir necha oy oʻtgach, 17 yoshida 1995-yilgi Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. U oʻzining ilk kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan. Keyingi mavsumda 1996-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kulik 1997—1998-yilgi mavsumda 1997-yilgi NHK Trophy musobaqasida oltin va 1997-yilgi Skate Canada International musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritib, Chempionlar seriyasi finaliga (hozirgi Gran-pri finali sifatida tanilgan) oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Rossiya milliy chempionligini qoʻlga kirigan, ammo belidagi muammolar tufayli 1998-yilgi Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborgan. Kulik 1998-yilgi Olimpiya oʻyinlarida qisqa va erkin dasturlarda birinchi oʻrinni egallab, 20 yoshu 267 kunligida Olimpiya chempionligini qoʻlga kiritdi va figurali uchish boʻyicha eng yosh Olimpiya chempionlaridan biriga aylandi.

Kulik 1998-yilgi jahon chempionatida belidagi jarohati tufayli qatnashmadi. U sport faoliyatini toʻxtatib, koʻproq shoularda chiqishga eʼtibor qaratdi. Kulik „Stars on Ice“ shousida qatnashgan, 2009-yilgi „All Stars“ va „Festas on Ice“ shoularida ham hakam boʻlgan. 1999-yilda rafiqasi Yekaterina Gordeyeva bilan juftlikda konkida uchgan.

Kulik 2000-yilda „Center Stage“ baletiga bagʻishlangan filmda rossiyalik raqqos Sergey rolini oʻynab, qisqa vaqt ichida aktyorlikka ham qilgan.

2012-yilda Kulik va Gordeyeva Kaliforniyadagi Lake Forestda konkida uchish maydonchasini ochishdi.

Kulik Michael Christian Martinesning sobiq murabbiyi boʻlgan[2]

Natijalari

tahrir
Xalqaro
Tadbir 1992-93 1993-94 1994-95 1995-96 1996-97 1997-98
Olimpiada 1
Jahon chempionati 9 2 5
Yevropa chempionati 1 3 4
CS Final 4 4 1
NHK Trophy 2 1
Skate America 6
Skate Canada 2 2
Trophée de France 1
Finlandia Trpophy 2
Carl Schafer xotirasi 3
Nebelhorn Trophy 1
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasida

jahon chempionati

3 11 1
Milliy
Rossiya chempionati 2 2 1 1

Manbalar

tahrir
  1. „ILIA KULIK VS EKATERINA GORDEEVA | Court Records“. UniCourt.com. Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
  2. „Martinez vying in skate America“. SM Investments Corporation. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.