Ilya Sibirsev
Sibirsev Ilya Pavlovich (28-aprel, 2001-yil; Oltoy oʻlkasi, Rossiya) – Oʻzbekiston terma jamoasining professional suzuvchisi. 200, 400 va 800 metr suzish boʻyicha bir necha marta chempion boʻlgan. Parijdagi 2024-yilgi yozgi Olimpiada ishtirokchisi[1].
Ilya Sibirsev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Rossiya |
Tavallud sanasi |
28-aprel 2001-yil Oltoy oʻlkasi, Rossiya |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | suzish |
Karyera
tahrir2021-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi – Sherzod Inogʻomov[1].
Ilya Sibirsev AQSHning Kentukki shtatidagi „Louisville“ universitetining sport klubida doimiy mashgʻulotlarni olib boradi. Erkin usulda suzish yoʻnalishiga ixtisoslashgan Ilya Okean ortida oʻtgan turli xalqaro musobaqalarda shohsupadan joy olgan[1].
2023-yil 11-fevral kuni Qatarning Doʻha shahrida boʻlib oʻtgan suv sport turlari boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan. Shu kuni u 3:50.9 daqiqada 400 metr suzish boʻyicha Oʻzbekiston rekordini yangiladi[2].
2023-yil 13-fevral kuni Dohada boʻlib oʻtgan suv sport turlari boʻyicha jahon chempionatida Ilya 800 metr suzgan, natijasi 7:53.87 daqiqa boʻlgan. Afsuski, bu natija davom etish uchun yetarli boʻlmadi, ammo shunga qaramay, bu natija bilan Oʻzbekistonda yana bir rekordini yangiladi[2].
2024-yil iyun oyida Kanadada Vankuver shahrida suzish boʻyicha xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtgan. 800 metrga final suzishida Ilya 7:50.05 daqiqada suzib oʻtgan va shu bilan 1-oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, u 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga Parijga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Shuni hisobga olish kerakki, yakuniy suzishda normativ 7:51.65 daqiqa oʻrnatilgan edi. Ilya normativni belgilangan vaqtdan oldin bajargan va shu bilan Parijdagi 2024-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga ikkinchi yoʻllanmani qoʻlga kiritgan[1][3].
2024-yil 27-iyulda Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida 400 metrga suzishda Ilya 3:51.52 daqiqada suzdi va shu bilan 3-oʻrinni egalladi. Ammo afsuski, bu natija finalga oʻtish uchun etarli emas edi[4].
2024-yil 29-iyulda Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida 800 metrga suzishda Ilya 7:56.67 daqiqada suzdi, ammo afsuski, bu natija final uchun etarli boʻlmadi va shu bilan u olimpiadada ishtirokini yakunladi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Parij-2024 litsenziatlari: Mashgʻulotlarini AQSHda oʻtkazadigan suzuvchimiz Ilya Sibirsev“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „Ilya Sibirsev yana bir Oʻzbekiston rekordini yangiladi“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
- ↑ „Suzuvchimiz Ilya Sibirsev bir urinishda ikkita Parij-2024 yoʻllanmasini naqd qildi“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
- ↑ „Ilya Sibirsev oʻz guruhida uchinchi boʻldi“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
- ↑ „Ilya Sibirsev Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi“. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.