Ilzat Toglokovich Axmetov (ruscha: Ильзат Тоглокович Ахметов 1997-yil 31-dekabrda tug'ilgan) - Rossiyalik professional futbolchi, "Krasnodar" klubida markaziy yarim himoyachi sifatida o'ynaydi. Faoliyatining boshida u asosan hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynagan.

Ilzat Akhmetov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ilzat Toglokovich Akhmetov
Tavallud sanasi 31-dekabr 1997-yil (1997-12-31) (26 yosh)
Tavallud joyi Bishkek, Qirg'iziston
Boʻyi 1.73 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Krasnodar
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Alga Bishkek
2009–2013 Yu. Konoplyov
2013–2014 Rubin Kazan

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 24-mart uchun)

Klubdagi karyerasi tahrir

Qirg'izistonda uyg'ur oilasida tug'ilgan Axmetov 11 yoshida Rossiyaga ko'chib o'tgan. 

U Rossiya Professional Futbol Ligasida 2014-yil 18-iyulda Qozonning “Rubin-2 ” jamoasida “Sizran-2003” klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[2].

U 2014-yil 24-sentyabrda Rossiya kubogi doirasidagi “Luch-Energiya Vladivostok” ga qarshi oʻyinda “Rubin”ning asosiy tarkibidagi debyutini oʻtkazgan. 2014-yilning 20-oktabrida "Mordoviya Saransk"ga qarshi o'yinda "Rubin" safida Rossiya Premer-ligasida debyut qilgan[3].

2018-yilning 15-iyunida Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Axmetovni birinchi mavsumoldi o'yinlarida sinab koʻrish uchun Zenitga qoʻshilishini e’lon qilgan[4].

2018-yil 26-iyul kuni Moskvaning SSKA klubi Axmetov bilan to'rt yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi[5]. Axmetov 2022-yil iyun oyida SSKAni erkin agent sifatida tark etgan[6].

2022-yilning 7-iyulida Krasnodar Axmetov bilan 2024-yil 30-iyungacha shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi[7].

Xalqaro tahrir

U Qirg'iziston yoki Rossiya nomidan o'yinlarda qatnasha oladi. Qirg'izistonlik murabbiy Aleksandr Krestinin, o'zi rossiyalik bo'lib, unga qo'ng'iroq qildi va Qirg'iziston terma jamoasida o'ynashga chaqirdi, lekin oxir-oqibat u Rossiyani tanladi tanladi[8].

U Rossiya terma jamoasiga ilk bor 2018-yilning noyabr oyida Germaniya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarga chaqirilgan[9]. U jarohati tufayli chaqiruvni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan[10].

U jamoadagi debyutini 2019-yilning 21-mart kuni UEFA Yevro-2020 saralashida Belgiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib amalga oshirgan. 

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qit'a Jami
Divizion O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol O'yin Gol
Rubin-2 Qozon 2014–15 PFL 2 0 2 0
Rubin Qozon 2014–15 RPL 9 0 1 0 10 0
2015–16 3 0 1 0 2 0 6 0
2016–17 12 0 3 0 15 0
2017–18 3 0 0 0 3 0
Jami 27 0 5 0 2 0 34 0
CSKA Moskva 2018–19 RPL 26 0 0 0 4 0 30 0
2019–20 21 2 3 2 6 0 30 4
2020–21 14 0 3 1 5 0 22 1
2021–22 20 1 2 1 22 2
Jami 81 3 8 4 15 0 104 7
Karyera jami 110 3 13 4 17 0 140 7

Xalqaro tahrir

Terma jamoada o'yin va gollar
Milliy terma jamoa Yil O'yin Gol
Rossiya 2019 7 0
2021-yil 1 0
Jami 8 0

Manbalar tahrir