Im Chan-mi (1996-yil 19-iyunda tugʻilgan), Chanmi nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U Janubiy Koreyaning AOA qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan.

Im Chan-mi
Tavalludi
Kim Chan-mi

19-iyun 1996-yil (1996-06-19) (27 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • aktrisa

Faoliyati tahrir

2012-yil 30-iyulda Chanmi Mnet telekanalida AOA aʼzosi sifatida M! Countdown koʻrsatuvida debyut qilgan. Ularning Angels' Story nomli yakkaxon debyut albomi „Elvis“ nomli treki chiqqan.[1] AOA toʻrtta mini-albomi va jami oʻnta singl chiqargan.[2]

Chanmi, shuningdek, Yuna va Hyejeong bilan birgalikda AOA Cream kichik guruhining bir qismidir. Kichik guruh 2016-yil 1-fevralda oʻzining birinchi musiqiy parchasini chiqargan.[3] „I’m Jelly Baby“ nomli trekka klip parchasi 2016-yil 4-fevralda chiqqan.[4] AOA Cream 2016-yil 12-fevralda klip bilan birgalikda trekini chiqargan.[5]

Chanmi bir nechta yakkaxon tanlovlarda qatnashgan va raqs va fitnes mahorati bilan tanilgan. U 2014-yilda MBC Music telekanalida Idol Dance Battle D-Style koʻrsatuvining soʻnggi bosqichiga chiqqan va 2015-yilda MBC’ning DMC festivalida yakkaxon raqs bosqichida ham, qoʻshma raqs sahnasida ham ishtirok etgan.[6][7] U 2016-yilda KBS telekanalining Muscle Queen loyihasida ham ishtirok etgan.[8]

Xonanda oʻzining aktrisa sifatida debyutini Whatʼs Up With These Kids? veb-dramasidagi Geum Hye Ra sifatida birinchi bosh roli bilan boshlagan. Filmda u VIXX guruh aʼzolari N va Hongbin bilan birga suratga tushgan. Drama 2016-yil 16-noyabrda namoyish etilgan.[9]

2019-yil iyun oyida Chanmi Love Formula 11M veb-dramasida Ji-Yun roliini ijro etgan. 2019-yil noyabr oyida u MBC telekanalining yangi mashxur House of Sharing estrada shousida ishtirok etgan. Koʻrsatuv dekabr oyi boshida efirga uzatilgan.

2021-yil 29-iyun kuni Chamni VIXX guruhining aʼzosi Hyuk bilan birga A Different Girl romantik komediyasida rol ijro etishi tasdiqlangan.[10]

Diskografiyasi tahrir

Yil Nom Qoʻshiq Davomiyligi Ijrochi
2019 Love Formula 11M OST "One More Chance" 03:49 Yoon San-ha bilan
2022 Refresh OST "우리는 모두 달빛 아래 사랑을 하네" 02:43 Yakkaxon
"지금이 좋아" 03:35 Yakkaxon
"그대에게 천천히" 02:25 KCM bilan
DNA 싱어 — 판타스틱 패밀리 Round 6 "한 여름밤의 꿀" 03:45 Kim Hyemi bilan (Chanmining kichik singlisi)

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
2021 A Different Girl Ji-yeon [11][12]
2022 Refresh Hyun-joo [13]

Manbalar tahrir

  1. „FNC's new girl group, AOA, reveals first group photo + more on the mysterious Y - allkpop.com“.
  2. AOA discography
  3. „Sub-unit AOA Cream drops first sweet teaser images - allkpop.com“.
  4. ilmare42. „Updated: AOA Cream Drops Sweet and Flirty Teaser Images for Debut, Reveals Title Track“ (1-fevral 2016-yil).
  5. ilmare42. „AOA Cream Debuts With "I'm Jelly Baby" MV“ (11-fevral 2016-yil).
  6. MBCkpop. „[HOT Chanmi of AOA – coming of age ceremony, 찬미 of AOA – 성인식, DMC Festival 2015“] (5-sentabr 2015-yil).
  7. „Performances From The 2015 DMC Festival: K-ICT K-Pop Super Concert – Kpopfans“.
  8. harmonicar. „KBS's "Muscle Queen" Casts a Slew of Celebrities“ (18-yanvar 2016-yil).
  9. „빅스 엔·홍빈, 웹드라마 '얘네들 머니?' 주연 발탁“ (21-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2016-yil.
  10. Kim. „AOA 찬미·빅스 혁, 영화 '색다른 그녀' 출연 확정… 첫 연기 호흡(공식)“ (ko). YTN (29-iyun 2021-yil). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
  11. Kim Sung-hyun. „AOA 찬미·빅스 혁, 영화 '색다른 그녀' 출연 확정… 첫 연기 호흡(공식)“ (ko). YTN. Naver (29-iyun 2021-yil). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
  12. Kim Mi-hwa. „빅스 혁XAOA 찬미 '색다른 그녀', 10월 개봉 확정 [무비타이밍“] (ko). Star News (15-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2021-yil.
  13. Kim Ye-ji. „홍경인·김찬미·명현만, KCM 영화 '리프레쉬'서 주목“ (ko). NEWSIS (21-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2022-yil.

Havolalar tahrir