Imagine Dragons
Imagine Dragons — amerikalik pop rok guruh. Imagine Dragons 2008-yil, Las Vegas, Nevadada tashkil topgan, guruh asosiy ijrochi Dan Reynolds, gitarist Wayne Sermon, basschi Ben McKee va barabanchi Daniel Platzman dan iborat.[1] Guruh dastlab xalq e'tiboriga "It's Time" qo'shig'i orqali tushgan, shundan keyin debyut albomi boʻlgan Night Visions (2012) mukofotni ham qo'lga kiritgan, natijada "Radioactive" va"Demons" qo'shiqlari musiqiy chartlarda birinchi o'rinda turdi. "Radioactive" deb nomlanganRolling Stone qo'shig'i Billboard Hot 100da hafta davomida eng koʻp yangragan xit qo'shiq sifatida rekord o'rnatgan va "Yilning eng katta rok xit qo'shig'i" nomini olgan.[1][2][3][4] MTV ularni "yilning eng katta kashfiyoti" deb atagan,[5] va Billboard esa ularni "2013-yilning muhim kashfiyoti" va "2017-yilning eng yirik guruhi" deb nomlagan,[6] va ularni 2013-yildagi "Rok yillari" qatorining eng yuqorisiga joylashtirgan,[7] 2017,[8] bu 2018-yilda ham takrorlangan.[9] Imagine Dragons guruhi Billboardning yil oxirida "Top Artistlar – Duo/Guruhi" kategoriyasiga 2018-yilda kiritilgan.[10]
Imagine Dragons | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Las Vegas, Nevada |
Mamlakat | AQSh |
Faoliyat yillari | 2008 — bugun |
Janr | Pop-rok, Alternativ rok, Pop, Electropop, Indi-rok (erta) |
Leybl | KIDinaKORNER, Interscope Records |
Tarkib | |
Sobiq aʼzolar |
|
Guruhning ikkinchi albomi Smoke + Mirrors (2015) ham AQSH, Kanada va Birlashgan Qirollikda birinchi o'ringa chiqib olgan.[11][12] Bunday mashhurlik ularning uchinchi albomida Evolve (2017)ham takrorlangan, natijada esa musiqiy chartlarda yuqori o'rinda turadigan 3 nafar qo'shiq: "Believer", "Thunder", va "Whatever It Takes" paydo boʻlgan. Bu albom koʻp davlatlarda uzoq vaqt top 5 talikda turgan.[13] Guruhning to'rtinchi albomi boʻlgan Origins (2018)dagi "Natural" qo'shig'i the Hot Rock Songs chartidan o'rin olgan 5-qo'shiqqa aylandi. Garchi guruhning barcha albomlari moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli bo'lsada, tanqidchilarning yondashuvlari xar hil.[14] Ular beshinchi albomini Mercury – Act 1 nomi bilan 2021-yil 3-sentyabrda tayyorlashgan va undan keyin Mercury – Act 2 nomli keyingisi 2022-yil 1-iyulda havola etilgan va deyarli bir xil munosatda kutib olingan.
Imagine Dragons American Music Awards mukofotini 3 martta, Billboard Music Awards 9 martta, Grammy Award 1 martta, MTV Video Music Award 1-martta, va World Music Award ni 1-martta qo'lga kiritgan. 2014-yil may oyida, 14- Billboard musiqiy mukofotiga nomzod sifatida tanlangan hamda Yilning top artisti va turli janrlarda ijod qiluvchi san'atkorlarning innovatsiyaga boyligi va ijodkorligini qolab quvvatlovchi Milestone Award nominatsiyalari g'olibiga aylangan. 2018-yilning aprel oyida, ular 11-martta Billboard Musiqiy sovriniga ega boʻlgan.[15]
Imagine Dragons dunyo bo'ylab 75 million nusxada albomlarini sotishgan, bu esa ularni eng talabgor guruhlardan biriga aylantirgan va ular dunyo bo'yicha bestseller albom ijodkorlari ro'yxatiga kiritilgan- world's best-selling music artists.[16] Ular 2018-yilda Spotify da eng koʻp tinglangan guruh bo'ldi,[17] ya'ni guruhning "Radioactive", "Demons", "Believer", va "Thunder" qo'shiqlarining har biri platformada 1 milliarddan ortiq martta tinglandi,[18] bundan tashqari RIAA tarixida birdaniga 4 qo'shig'i Olmosdan ham yuqoriroq darajada sertifikatlangan yagona rok guruhi bo'ldi.[19] Billboard xabariga ko'ra, "Believer", "Thunder", va "Radioactive" 2010 yillardagi eng yaxshi qo'shiqlr uchtaligi deb baholandi.[20]
Tarixi
tahrir2008–2011: dastlabki yillar
tahrir2008 yilda, bosh ijrochi Dan Reynolds barabanchi Andrew Tolman ni Brigham Young University da uchratib qoladi, o'sha vaqtda ikkisi ham talaba edilar.[21] Reynolds va Tolman Andrew Beck, Dave Lemke, va Aurora Florence ni guruhda gitara, bass va pianino chalishlari uchun qabul qiladi. Ularning guruhining nomi guruhning a'zolarigagina tanish boʻlgan iboraning anagramma si va bu nomni Reynolds aytishi bo'yicha guruhning barcha a'zolari qo'llab quvvatlagan.[22] O'sha yilda MySpace platformasiga yozib olingan 5 ta demo yuklanadi ammo Beck va Florence keyinroq o'sha yili guruhni tark etadilar. 2009-yilda, Tolman uzoq yillik maktabdosh do'sti Berklee College of Music ni tamomlagan Wayne Sermon ni gitara chalish uchun guruhga ishga oladi. Tolman keyinchalik turmush o'rtog'i Brittany Tolmanni ham guruhga zaxira qo'shiqchisi sifatida qabul qiladi, shunday qilib guruh shoular uyushtirishni boshlaydi. Lemke biroz muddatdan keyin guruhni tark etadi, Sermon yana bir Berklee talabasi, Ben McKee ni guruhga basschi sifatida qabul qiladi va guruh tamoman tashkil topadi.[23][24] Guruh o'z tashkil topgan shahrida Provo, Utah koʻp muxlislar orttiradi, keyinchalik ular Dan Reynolds ning ona shaxri Las Vegas ga ko'chishadi, o'sha shaxarda ular 3 ta kichik albomni yozib olishadi.[25]
Ular 2009-yil 1-sentyabrda Imagine Dragons nomi bn EP(extended play)-4-5 qo'shiqdan iborat albom tayyorlashadi, 2010-yil 10-martda esa Hell and Silence yana bir EP tayyorlanadi, ularning ikkisi ham Las Vegasdagi Battle Born Studios da yoziladi.[26][27][28] It's Time deb nomlangan 3-EPni 2011-yil 12-martda tayyorlaganlaridan 6 oy o'tib, 2011-yil 12-martda Interscope Records bilan shartnoma imzolanadi.[29]
Guruh o'zining dastlabki omma oldida chiqishiga Train ning asosiy ijrochisi Pat Monahan 2009-yildagi Las Vegas Festivalidan biroz avval kasal bo'lib qolgani sabab bo'ladi. Imagine Dragons ularni o'rniga festivalga chaqiriladi va 26,000 ming tomoshabinlarga qo'shiq kuylashadi. [30] "Best CD of 2011" (Vegas SEVEN),[31] "Best Local Indie Band 2010" (Las Vegas Weekly),[32] "Las Vegas' Newest Must See Live Act" (Las Vegas CityLife),[33] Vegas Music Summit Headliner 2010,[34] va yana bir nechta mahalliy musiqiy mukofot tashkilotlari guruhga nisbatan iliq fikrlar bildirishgan. 2011-yil noyabrda, ular Interscope Records bilan shartnoma tuzishadi va Grammy mukofotini qo'lga kiritgan ingliz pradyuseri Alex da Kid bilan hamkorlikni boshlashadi.[35] Biroz vaqt o'tib, Tolman va ayoli guruhni tark etadi. Barabanchi Daniel Platzman va klaviaturachi Theresa Flaminio McKee tomonidan 2011-yil guruhga qabul qilinadi.[36] Flaminio esa Interscope bilan boʻlgan shartnoma vaqtida guruhdan chiqib ketadi va gurhda 4 ijrochi qoladi.
2012–2014: Night Visions
tahrirGuruh Alex da Kid bilan yaqindan hamkorlik qiladilar, va natijada o'zlarining dastlabki yirik premyerasini West Hollywood, California dagi Westlake Recording Studios da yozadilar. Continued Silence deb nomlangan EP 2012-yil 14-fevralda online ommaga havola etiladi va Billboard 200 da 40-o'rinni egallaydi. Bundan tashqari, Hear Me deb nomlangan albom ham 2012-yilda yoziladi.
Biroz muddatdan so'ng, "It's Time" qo'shig'i tinglovchilarga yetkaziladi va Billboard Hot 100 da 15-o'ringa chiqadi.[37] Ushbu qo'shiq klipi esa 2012-yil 17-aprelda MTV da qo'yiladi va natijada MTV Video Music Award "Best Rock Video" kategoriyasi bo'yicha nominatsiyasi qo'yiladi.[38] "It's Time" RIAA tomonidan 7× platinum bilan sertifikatlangan.[39]
Guruh o'zining Night Visions deb nomlangan debyut albomini 2012-yilning yozida Palms Casino Resort ning ichida joylashgan Studio X da tayyorlashadi va uni 2012- yil 4- sentyabrda AQSH da taqdimotini uyushtirishadi. Bu albom Billboard 200 chartda № 2 o'rinni egallaydi va sotish boshlanishing birinchi haftasida 83,000 nusxada sotiladi, bu esa 2006-yildan beri debyut albomlar o'rtasidagi eng yuqori ko'rsatkich edi. [40] Bundan tashqari, bu albom Billboardda Alternative va Rock chartlarida № 1 o'rinda turgan. Faqatgina AQSHda emas balki Avstraliya, Avstrya, Kanada, Germaniya, Irlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya, Ispaniya, va Birlashgan Qirollik musiqiy chartlarida ham bu albom kuchli o'ntallikka kirgan. Billboard Music Award da Top Rock Album sifatida e'tirof etilgan hamda Juno Award for International Album of the Year mukofotiga ham nomzodi ko'rsatilgan.[41]
Ushbu albomda joylashgan ikkinchi qo'shiq "Radioactive" Billboard Alternative Songs kategoriyasida , Billboard Rock Songs, va "Swedish singles" chartida No. 1 o'ringa chiqqan, AQSHda 14 million martta sotilgan, bu esa qo'shiqni online shaklda eng koʻp sotilgan bestseller nomini bergan.[42] Bundan tashqari ushbu qo'shiq Billboard Hot 100 ruknida eng koʻp qo'yilgan qo'shiq hisoblanib, The Weeknd ning "Blinding Lights" qo'shig'i 2021-yilda rekordni yangilamagunicha 87 hafta davomida qo'yilgan.[43] "Radioactive" qo'shig'i bo'lsa 'the Hot Rock Songs' chartida rekord darajada 23 hafta 1-o'rinda turgan va natijada 2013-yilda o'sha janrdagi eng mashxur hit sifatida yodga olinadi.[44] U qo'shiq 'Nielsen SoundScan' listidagi online shaklda sotilgan tarixdagi eng yaxshi rok qo'shiqlari turkumiga kiradi.[45] 2013-yilning oxiriga kelib, "Radioactive" 3million nusxadan ortiqroq sotilgan.[46] Rolling Stone uni "yilning eng yirik rok hit qo'shig'i" deb nomlagan. Bundan tashqari u AQSH Spotify da eng koʻp yuklangan qo'shiq boʻlgan.[47] U 56th Annual Grammy Awards marosimida Grammy Award for Record of the Year va Grammy Award for Best Rock Performance nominatsiyasi bo'yicha qatnashdi va 2ta mukofotni qo'lga kiritdi. "Radioactive"ning sekinlashtirilgan shaklini guruh ijrochilari "M.A.A.D City" tadbirida repper Kendrick Lamar bilan birglikda ijro etishgan. "Radioactive" ning remiks varianti esa Lamar tomonidan qo'shilgan yangi so'zlar bilan keyingi kuni yozilgan va 2014-yil 1-fevraldagi Saturday Night Live epizodida kuylangan.
3-qo'shig'i boʻlgan "Demons" Billboard 'Pop Songs' kategoriyasida 1-o'rinda, Billboard Hot 100 da esa 6-o'rinni egalladi va shu o'rinni 6 hafta egallab turdi.[39][48] 2021-yilda, RIAA e'lon qilishi bo'yicha ushbu qo'shiq AQSHda bu guruhning olmos darajasidagi 3-qo'shig'i.[42] 4-qo'shig'i "On Top Of The World" Billboard Hot 100 da 79-o'ringa chiqdi va ushbu chartda 20 hafta turdi.[42]
Diskografiya
tahrir- Night Visions (2012)
- Smoke + Mirrors (2015)
- Evolve (2017)
- Origins (2018)
- Mercury – Act 1 (2021)
- Mercury – Acts 1 & 2 (2022)
- Loom (2024)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „About: Imagine Dragons“. imaginedragonsmusic.com (2015-yil 11-mart). Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.
- ↑ Greene, Andy „Imagine Dragons Go 'Radioactive' on the Charts“ (2013-yil 8-may). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Imagine Dragons: The Billboard Cover Story“ (2013-yil 12-iyul). Qaraldi: 2013-yil 1-noyabr.
- ↑ „The Weeknd scores longest-running hit in US chart history“ (en). the Guardian (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „Imagine Dragons Slept Through Their Grammy Nominations“. MTV News. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
- ↑ „Imagine Dragons: Who Wants to Talk About the Biggest Band of 2017?“. Billboard.com.
- ↑ „The Year In Rock 2013: Imagine Dragons Top Billboard's Year-End Rock Rankings“ (2013-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
- ↑ „The Year In Rock Charts: Imagine Dragons, Portugal. The Man & Metallica Reign“. Billboard.com (2017-yil 11-dekabr).
- ↑ „Top Rock Artists - Year-End“.
- ↑ „Top Artists - Duo/Group - Year-End“.
- ↑ „Imagine Dragons Slay at No. 1 on Billboard 200 Chart“.
- ↑ Gibsone, Harriet „Imagine Dragons score debut UK No 1, while Ellie Goulding breaks streaming record“ (2015-yil 23-fevral).
- ↑ „Imagine Dragons' 'Evolve' Debuts at No. 1 on Top Rock & Alternative Albums Charts“. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
- ↑ „Imagine Dragons Music Profile“. Metacritic. Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
- ↑ „Billboard Music Awards 2018 Nominations: See the Full List“. Billboard.com.
- ↑ „New Imagine Dragons European Tour Announced“. Romania Journal (2021-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
- ↑ „The Top Songs, Artists, Playlists, and Podcasts of 2018“ (en-US). Spotify (2018-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-oktyabr.
- ↑ McIntyre, Hugh „Imagine Dragons Are The First Rock Act To Manage This Major Feat On Spotify“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Gold & Platinum“ (en-US). RIAA. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
- ↑ „The Decade in Rock Charts: Imagine Dragons On Fire, High-Flying Twenty One Pilots & More“. Qaraldi: 2019-yil 4-dekabr.
- ↑ „Born in Utah, Imagine Dragons is coming home“. 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ "Imagine Dragons: The Billboard Cover Story". Billboard, December 7, 2013 by Ray Waddell
- ↑ Sculley, Alan „Imagine Dragons slowly take flight“ (2013-yil 15-mart). Qaraldi: 2013-yil 29-aprel.
- ↑ Burger, David „Born in Utah, Imagine Dragons is coming home“ (2013-yil 20-mart). 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-iyul.
- ↑ Bracelin, Jason „Sudden success keeping Imagine Dragons busy“ (2013-yil 8-fevral). Qaraldi: 2013-yil 29-aprel.
- ↑ „"Imagine Dragons gets a Bite of the spotlight" by Off the Record“. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.
- ↑ Clark, Cody „Kelly Clarkson rocks UVUphoria, Summerfest crowd“. Heraldextra.com (2009-yil 12-iyun). 2009-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Fans welcome back Imagine Dragons | Universe2.byu.edu“. Universe.byu.edu (2009-yil 30-avgust). 2013-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Local band, 'Imagine Dragons' signs with Interscope Records“. Ksl.com (2012-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
- ↑ „"Imagine Dragons gets a Bite of the spotlight" by Off the Record“. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
- ↑ „Vegas Seven 07-28-2011“. Digitaleditiononline.com (2011-yil 28-iyul). Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
- ↑ „2010 Vegas' Best Arts & Entertainment winners“. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
- ↑ „Las Vegas CityLife“. Las Vegas CityLife (2009-yil 2-iyul). 2013-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul.
- ↑ [1] [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Imagine Dragons scores major-label deal :: CityBlog :: Las Vegas CityLife Blogs“. Web.archive.com (2012-yil 25-aprel). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „The story behind the scorching hot Imagine Dragons“. Courier-tribune.com. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
- ↑ „Imagine Dragons Enjoy Longest Run in Alternative Top 10“. AllAccess.com (2012-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
- ↑ „MTV PUSH Artist of the Week: Imagine Dragons“. MTV (2012-yil 16-aprel). 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
- ↑ 39,0 39,1 Grein, Paul „Chart Watch: Katy Perry Ties Rihanna's Record“. Yahoo! Music (2014-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
- ↑ Kaufman, Gil „Imagine Dragons Blaze Into No. 2 Spot on Billboard Chart — Music, Celebrity, Artist News“. MTV.com (2012-yil 12-sentyabr). 2014-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
- ↑ „Z-ROCK 103 – Lexington's Pure Rock – Imagine Dragons, Arcade Fire Receive Juno Award Nominations [From ABC News]“. 2014-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-may.
- ↑ 42,0 42,1 42,2 „Gold & Platinum“ (en-US). RIAA. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
- ↑ „The Weeknd's 'Blinding Lights' Spends Record-Breaking 88th Week on Billboard Hot 100“ (en). www.billboard.com (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
- ↑ Lipshutz, Jason. "Record Of The Year". Billboard 125.50 (Jan. 2014): 20. Print.
- ↑ Grein, Paul „Week Ending Jan. 2, 2014. Can You Believe "Don't Stop Believin'" Loses Spot as Best-Selling Rock Song?; Chart Watch – Yahoo Music“. Music.yahoo.com (2014-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.
- ↑ Fricke, David (January 29, 2013). „Imagine Dragons' Fast, Steep Flight to the Top“. Rolling Stone. ProQuest 1473709216.
- ↑ Korina Lopez, USA TODAY. „Spotify reveals 2013's most-streamed artists“. Usatoday.com (2013-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
- ↑ „Chart Highlights: Imagine Dragons, Eminem, Rihanna, Ricky Martin Score New No. 1s“ (2012-yil 28-aprel). Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.