Blinding Lights
«Blinding Lights» (ingl. «Koʻzni koʻr qilayotgan chiroqlar») — kanadalik taniqli qoʻshiqchi The Weekndning toʻrtinchi – After Hours albomi uchun ishlangan qoʻshiq. Albomning ikkinchi singli sifatida 2019-yil 29-noyabrda, bosh singl "Heartless" chiqqanidan ikki kun o'tib tinglovchilar eʼtiboriga havola etildi. Maks Martin, Oskar Xolter va The Weeknd oʻzi tomonidan yozilgan va ishlab chiqarilgan, shuningdek, qoʻshiq hammualliflari reper Belly va Jeyson Kuinvill hisoblanadi.
„Blinding Lights“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Weeknd qoʻshigʻi | ||||
„After Hours“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2019-yil 29-noyabr | |||
Format | CD, kompakt-kasseta, 7' singl, oʻn ikki dyuymli singl, musiqiy striming | |||
Janr | sintveyv[1], elektropop[2] | |||
Davomiyligi | 3:22 | |||
Leybl | XO, Republic Records | |||
Prodyuser(lar) | Maks Martin, Eybel Tesfaye, Oskar Xolter | |||
The Weeknd singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"Blinding Lights" YouTubeda |
«Blinding Lights» butun dunyo boʻylab oʻttizdan ortiq mamlakatlarda, jumladan AQSh va Kanadada birinchi oʻrinni egallab, Billboard Hot 100 va Canadian Hot 100 roʻyxatlarida mos ravishda 4 va 7 hafta davomida birinchi oʻrinni egallab turdi. Shuningdek, trek qo'shiqchining Germaniya chartlarrining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan birinchi singli bo'ldi va u yerdan 10 hafta, Buyuk Britaniyada 8 hafta, Avstraliyada 11 hafta davomida qoldi. Qoʻshiq hozirgi kunda qoʻshiqchining dunyodagi eng muvaffaqiyatli singli sifatida tilga olinadi[3][4][5].
Ushbu qo'shiq bilan The Weeknd 30-mart sonida bir vaqtning o'zida beshta asosiy Billboard chartlarida: Hot 100, Billboard 200, Artist 100, Hot 100 Songwriters va Hot 100 Producersda birinchi o'rinni egallagan tarixdagi birinchi musiqachi bo'ldi.
Tarixi
tahrir2019-yilning 24-noyabr kuni Germaniya televideniyesida ilk bor “Blinding Lights” qoʻshigʻi ishlatilgan Mercedes-Benz reklama roligi namoyish etildi[6]. Unda The Weeknd Mercedes-AMG GT C Roadster haydab ketayotgani va audiotizimdan uning yangi qoʻshigʻini ijro etishni soʻragani koʻrsatilgan. Toʻliq metrajli reklama rolik premyerasi singl bilan birga 29-noyabr kuni boʻlib oʻtdi.
Rasmiy lirik-video (qo'shiq matni video ketma-ketlikning asosiy elementi bo'lgan videoklip) 6-dekabr kuni chiqdi. Musiqa videoklipi Las-Vegasdagi Fremont ko'chasida suratga olingan.
2019-yil 6-dekabr kuni xonanda birinchi marta «Stiven Kolbert bilan kechki shou» (ingl. — The Late Show with Stephen Colbert)da qoʻshiqni jonli ijro etdi.
2020-yil aprel oyida The Weeknd «Blinding Lights» Buyuk Britaniya chartlarida birinchi oʻrinda turgan bir paytda Twitter orqali britaniyaliklardan 99 yoshli faxriy Tom Murning «You'll Never Walk Alone» nomli xayriya singlini qoʻllab-quvvatlashni, 30-aprelda 100 yoshni qarshilashi sharafiga uning kompozitsiyasini "birinchi raqamli qoʻshiqqa" aylantirishlarini soʻradi[7] va uning iltimosini amalga oshirishdi[8]
Manbalar
tahrir- ↑ „The Weeknd Goes Full Synthwave On The Yearning New Single ʻBlinding Lightsʻ“. UPROXX (29-noyabr 2019-yil). 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „The Weeknd is still in his feelings on swaggering new singles ʻHeartless’ and ʻBlinding Lights’“. NME (29-noyabr 2019-yil). 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2019-yil.
- ↑ „The Weeknd’s ʻBlinding Lights’ Leads Hot 100 for 4th Week, DaBaby & Roddy Ricch’s ʻRockstar’ Launches in Top 10“. BILLBOARD (27-aprel 2020-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ „The Weeknd returns to #1 with Blinding Lights“. ARIA (18-aprel 2020-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ „The Weeknd's Blinding Lights scores eighth week at Number 1 on the Official Singles Chart“. OFFICIAL CHARTS (17-aprel 2019-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ „The Weeknd Previews New Song “Blinding Lights” In Mercedes-Benz Commercial“. STEREOGUM (26-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ „The Weeknd urges UK fans to get Captain Moore’s ʻYou’ll Never Walk Alone’ to Number One instead of his own ʻBlinding Lights’“. NME (23-aprel 2020-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ „Captain Tom Moore claims victory on the Official Chart with You'll Never Walk Alone, becomes the oldest artist to reach Number 1“. OFFICIAL CHARTS (24-aprel 2019-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.