Imamova Maysora Djabbarovna Piskent 1-son kasb hunar maktabi Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Biografiyasi tahrir

Imamova Maysora Djabbarovna 1959-yil 27-iyunda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. 1967-1976-yillarda Kitob shahridagi 1-sonli maktabda tahsil olgan.

Oilasi tahrir

Oilali, 3 nafar farzandi bor

Mehnat faoliyati tahrir

1978-yil Kitob shahridagi pilla zavodi ishchisi. 1982-1987-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti talabasi.1987-1989-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi „Mikrobiologiya“ Ilmiy tadqiqot institutida katta laborant. 1989-1994-yillarda „Piskent“ safhozida biolaboratoriya ishchisi. 1994-1995-yillarda Piskent tumani 5-hunar bilim yurti hisobchisi. 1995-2003-yillarda Piskent tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida maxsus fan oʻqituvchisi, 2003-2004-yillarda maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2004-2005-yillarda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari. 2005-2010-yillarda Piskent tumani agrosanoat va iqtisodiyot kasb hunar kollejida direktor, 2011-yildan hozirgi vaqtga qadar shu kollejning OʻIBDOʻ lavozimida ishlab kelmoqda.

Yutuqlari tahrir

2002-yilda "Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi. 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi“ esdalik nishoni. 2021-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manba tahrir

kasb hunar maktabi rasmiy veb sayti