Immunodiagnostika (immunitet va diagnostika) — amaliy immunologiyaning boʻlimi; infeksion kasalliklarni serologik tekshirishga asoslangan bakterioliz; agglyutinatsiya, pretsipitatsiya va b. diagnostik reaksiyalar yordamida aniqlash. Yuqumli kasalliklardan tashqari, qon guruhini aniqlashda va sud tibbiyotida krnning odam yoki hayvon qoni ekanligini bilishda ham I. usullaridan foydalaniladi.

Veterinariyada hayvonlarning koʻpgina yuqumli kasalliklarini, shuningdek, kasal va mikrob tashuvchi hayvon turlarini aniqlashda I. qoʻllaniladi. Sil, brutsellyoz, manqada I. maʼlum reja asosida muntazam ravishda olib boriladi. Hoz. I. ning faqat qon, zardobga emas, balki hujayralar va molekulyar darajadagi yangi usullari ishlab chiqilgan, ular odamning immun holatini, koʻpgina kasalliklarga irsiy moyillik borligini, ayniqsa orttirilgan immun tanqislik sindromi (SPID) kabi nihoyatda xavfli kasalliklarni yashirin davrida aniqlash imkoniyatini beradi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil