Immunoterapiya
Immunoterapiya (immunitet... va terapiya) — bemor organizmiga vaksinalar, shifobaxsh zardoblar (biopreparatlar) yuborib, infeksion kasalliklarni davolash yoki kasallikni davolash maqsadida insonning immunitet tizimini manipulyatsiya qilish. Bunga faol va passiv immunizatsiya va transplantatsiya rad etilishining oldini olish uchun immunosupressiv davolash kiradi. Bunda organizmga kiritilgan vaksina bemorning uz kuchlarini infeksiyaga qarshi kurashga safarbar qilishiga turtki beradi. Shifobaxsh zardoblar bilan davolashda organizm muayyan infeksion kasallik mikrobi yoki shu mikrob toksinlaridan himoya qiladigan immun jismlar (antitelolar)ni tayyorgina oladi. Bunday holda immunitet 1 — 1,5 oygina saqlanib turadi. I.ga, asosan, oʻtkir infeksion kasalliklar (difteriya, kuydirgi va hokazo)da seroterapiya, vaksinoterapiya (brutsellyoz, furunkulyoz kabi kasalliklar uzoq, chuzilganda) va b. kiradi. Vaksinoterapiyada avtovaksina va anatoksindan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda uzoq vaqtgacha tuzalmaydigan kasalliklarni, mas, oʻsmalarni nospetsifik silga qarshi vaksina (BSJ) bilan davolash ham I.ga kiritildi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |