Imom eshon madrasasi (qoraqalpoqcha: Imam iyshan medresesi) — Qoraqalpogʻistonda saqlanib qolmagan madrasa. Qoʻngʻirot sulolasi davrida Xiva xonligidagi Qrantav nomli ovulda Tolegen biyning mablagʻlari evaziga Imom Muhammad eshon Qayipnazar biy oʻgʻli sharafiga XIX asrda bunyod etilgan[1].

Madrasa
Imom eshon madrasasi
qoraqalpoqcha: Imam iyshan medresesi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qoraqalpogʻiston
Maktab yoʻnalishi Sunniy
Asosiy sana:
XIX asr
Maqomi Saqlanib qolmagan

Imom eshon Buxoro madrasasidagi tahsilini tugatganidan soʻng, yurtiga qaytib Shok-torangʻilga kelgan. Imom eshon ismli ulamo kelganini eshitib Tolegen biy uning oldiga mehmon boʻlib keladi va eshondan biyning ovuliga — Qrantavga[2] koʻchishini soʻraydi. Buning uchun biy oʻzining ovulida eshonga atab madrasa bunyod ettiradi. Iltimosni qabul qilgan Imom eshon umrining qolgan qismini shu madrasada ilm oʻrgatib oʻtkazadi. Ushbu ilm maskani Imom eshon madrasasi nomi bilan mashhur boʻladi[1][3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Карлыбаев 2002, s. 33—34.
  2. Карлыбаев 2002, s. 23.
  3. Карлыбаев 2020, s. 132—136.

Adabiyotlar

tahrir
  • Карлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84-bet. 
  • Карлыбаев М. А. Каракалпакское мусульманское духовенство XVIII—XIX вв. // Вестник Каракалпакского отделения Академии наук Республики Узбекистан. — 2020. — № 3.