Imomat hukmlari

a) Imomlikka eng haqli kishi qavm ichidagi Allohning kitobida eng mohiri (tajvidga usta, koʻp yod olgan, qiroati chiroylisi…)dir. Agar bu borada teng boʻlsalar, sunnatni yaxshiroq biluvchilari imomlik qiladi. Agar sunnatni bilishda ham teng boʻlsalar, eng avval hijrat qilganlari, hijratda ham teng boʻlsalar, yoshi kattalari, agar shunda ham teng boʻlsalar, eng birinchi islomga kirganlari imomlik qiladi.b) Bir kishi egalik qiladigan joyda ikkinchi kishi uning ruxsatisiz hargiz imomlik qilmasin, masalan, mehmon mezbonning uyida agar mezbon imomlikka yaroqli boʻlsa. Tik turishga qodir kishi oʻzidan ojiz kishi orqasida turib namoz oʻqimaydi. Faqatgina mahalla imomi kabi rotib imom kasalligi tufayli oʻtirib namoz oʻqisa, maʼmumlar ham oʻtirib namoz oʻqiydilar.

Agar imom tahoratsiz yoki biror joyiga najosat tekkan holida namoz oʻqib bersa va buni faqat namoz oʻqib boʻlgandan keyingina bilsa, u ham uning ortida namoz oʻqiganlar ham namozni qaytadan oʻqimaydilar. Tahoratsiz oʻqigan holatdagina imomning oʻzi namozini qaytadan oʻqiydi. Qavmning aksar qismi imomni yomon koʻrsa, imom bunday qavmga imomlik qilishi makruh. Tahoratli kishi tayammum qilgan imomning ortida turib namoz oʻqishi joizdir[1].

Manbalar tahrir