Imomi Husain ibn Ali jome masjidi
Imomi Husain ibn Ali jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Imomi Husain ibn Ali jome masjidi
Imomi Husain ibn Ali | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Ohangaron |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Saidmurod domla Buzirikov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirImomi Husain ibn Ali jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Doʻstlik nomli qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Yangi hayot qoʻrgʻoni, Doʻstlik koʻchasida joylashgan[2][3]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Saidmurod domla Buzirikov Hisoblanadi. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha ajratilgan 0.75 gektar joyda 1300 kishidan ziyod boʻlgan maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Doʻstlik qishloq fuqarolar yigʻini, Yangi hayot mahalla fuqarolar yigʻini, Mustaqillik mahalla fuqarolar yigʻini, Ohangaron mahalla fuqarolar yigʻini, Yakka tut mahalla fuqarolar yigʻini, Shaugaz qishloq fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Balandlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirImomi Husain ibn Ali jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2005-yil 27-avgust kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid mahalliy aholi vakillari, tadbirkorlar, homiylar tomonidan qayta taʼmirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „ИМОМИ ҲУСАИН ИБН АЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „"IMOM XUSAYIN IBN ALI" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.