Ohangaron
Ohangaron — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi shahar (1962 yildan). Tuman markazi. Qurama togʻining etagida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida, 525–600 m balandlikda. Toshkentdan 68 km. Toshkent—Angren t.yildagi stansiya. Shahar hududidan Xoʻjabaland, Xonariq va boshqa ariqlar oqib oʻtadi. Aholisi 34,7 ming kishidan ziyod (2003).
Ohangaron | |
---|---|
shahar | |
40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°EKoordinatalari: 40°54′22″N 69°38′40″E / 40.90611°N 69.64444°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Toshkent viloyati |
Tuman | Ohangaron tumani |
Aholisi | 34 700 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Shahar nomi "ohangaron" — "temirchilar" maʼnosini anglatadi. Ohangaronning tez oʻsishiga uning yaqinidagi Angren koʻmir koni va Olmaliq rangli metall konlarining ochilishi sabab boʻldi. Ohangaronda sementli shifer korxonasi, "Santexlit", "Ohangarondon","EUROCEMENT" zavodlari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi (5700 ga yaqin oʻquvchi), bolalar sport maktabi, bolalar sanʼat musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, 2-madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. Ikkinchi jahon urushi qurbonlariga yodgorlik oʻrnatilgan. Kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, 10 dorixona mavjud. Hozirda Ohangaron butun vodiy aholisiga mashhur shahardir. chunki bu yardagi tamaddixonalarda hordiq chiqarib ketish mumkin. [1]
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |