Implantatsiya
Implantatsiya (lot. im... (in) - ichida va plantatio — oʻtkazish, koʻchirib oʻtkazish) — odam va hayvonlarda hujayralar va toʻqima elementlarining oʻz-oʻzidan koʻchirib oʻtkazilishi va yopishtirilishi. Odam va koʻpchilik sut emizuvchilarda I. murtak (blastotsist)ning urgʻochisi bachadoniga yopishishidan iborat. I. blastotsist va bachadon devorining faolligi tufayli amalga oshadi. I. natijasida murtak bilan ona organizm qon aylanish sistemasi oʻrtasida funksional birlik vujudga keladi va yoʻldosh hosil boʻladi. I. 3 xil usulda amalga oshadi. Markaziy I.da murtak bachadon boʻshligʻida qoladi (qoʻlqanotlilar, kavsh qaytaruvchilar), ekssentrik I.da murtak bachadon devoriga qisman botib kiradi (kemiruvchilar) va interstitsial I.da murtak bachadon devoriga toʻliq botib kiradi (odam, primatlar). Toʻqi-malarning bir qismi yoki organlarni sunʼiy koʻchirib oʻtkazish transplantatsiya, sunʼiy organlarni odam va xayvonlar organizmiga kiritish esa I. deyiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |