Impuls
Impuls (lotincha impulsus — zarba, turtki) —
1) mexanikada — mexanik harakat oʻlchovi; moddiy nuqta deb hisoblanishi mumkin boʻlgan jism massasi m ni uning harakat tezligi v ga koʻpaytmasiga teng boʻlgan kattalik: P= mv. Har qanday qattiq jismni N ta moddiy nuqtadan iborat deb qaraladi. Qattiq jismning impulsi uni tashkil etuvchi moddiy nuqtalar impulslarining vektor yigʻindisiga teng. Tashqaridan F kuch taʼsir etayotganida jism impulsi ham son qiymati boʻyicha, ham yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
2) Toʻlqin impulsi — elektromagnit toʻlqinlari ham impulsga ega ekanligi yorugʻlik nurlarining toʻsiqqa bosim koʻrsatishi orqali namoyon boʻladi. Yorugʻlik zarrasi — fotonning tinchlikdagi massasi boʻlmaydi, yaʼni u tinch holatda mavjud boʻla olmaydi, paydo boʻlgan ondayoq c - yorug'lik tezligi bilan harakatlana boshlaydi.
3) Kuch impulsi — kuchning biror vaqt ichidagi taʼsir oʻlchami, kuchning oʻrtacha qiymati F ni shu kuch taʼsir etgan vaqt t ga koʻpaytmasiga teng .
4) Elektr impulsi — tok kuchi yoki kuchlanishining qisqa vaqtli oʻzgarishi[1].
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |