Impulsli lampa — intensivligi juda yukrri boʻlgan qisqa vaqtli yorugʻlik impulsi (chaqnash) hosil qiladigan gaz-razryadli yorugʻlik man-bai. Ishi, mas, inert gazda konden-satlangan uchkun razryadida paydo boʻladigan yoki metall folga (zarqogʻoz) kislorodda yonganda hosil boʻladigan plazma nurlanishidan foydalanishga asoslangan. I. l. uzluksiz yonadigan gaz-razryadli yorugʻlik manbalaridan tok zichligi va plazma temperaturasining yuqoriligi (300000 K ga yetishi) bilan farq qiladi. Naychali vasharli xillari bor. Fotografiyada (mas, suratga olish paytida chaqnaydigan lampa), optik lokatsiyada, yorugʻlik signalizatsiyasida, avtomatika va telemexanika kurilmalarida, fotokimyo va matbaada qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil