Imtiyozlar — muayyan sabablarga koʻra yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan afzallik. I. davlat qonunlari va b. qonun hujjatlariga binoan — fuqarolarga, shuningdek, jamoat birlashmalari tomonidan maʼmuriyat qaroriga muvofiq — uning aʼzolariga tayinlanishi mumkin. I. berilgan shaxs belgilangan qoidalardan istisno tariqasida muayyan majburiyatlarni bajarishdan toʻla yoki qisman ozod qilinadi yoxud ularni bajarish soqasida muayyan qulayliklardan foydalanadi. Soliq, pensiya taʼminoti, kommunalmaishiy xizmatlar uchun toʻlovlar kabi sohalardagi I. davlat tomonidan belgilanadi. I. qonun hujjatlari bilan belgilangan taqdirda uning foydalanuvchilar doirasi, foydalanish shartlari, tartib kridalari, yuzaga kelish va tugatilish asoslari koʻrsatiladi. I. yuridik shaxslarga ham (mas, soliqlar toʻlashdan butunlay yoki maʼlum muddatga, toʻla yoxud qisman ozod qilish, imtiyozli shartlarda kredit bilan taʼminlash borasida va h. k.), jismoniy shaxslarga ham berilishi mumkin. I. tayinlashda fukarolarning teng xuquqliligi va adolat tamoyillariga qatʼiy amal qilinadi. Qonunda koʻzda tutilmagan I. berilishiga va qonuniy imtiyozlardan foydalanishda monelik qilinishiga yoʻl koʻyilmaydi. Oʻzbekistonda davlat tomonidan I.lar tayinlashga oid qonun-qoidalar Mehnat kodeksining 224—238- va 248— 258-moddalarida belgilab qoʻyilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil