Inʼikos
Inʼikos (falsafada) —obʼyektlarning oʻzaro taʼsiri natijasida modda, energiya va axborot almashishi jarayoni. I. ning eng sodda shakli mexanik oʻzaro taʼsirdir. Mas, tuproqda yotgan tosh tuproqda oʻz izini qoddiradi. Jonli organizmlarda I. ning mu-rakkabroq turi — taʼsirlanish hodisasi sodir boʻladi. Masalan, yomgʻir chuvalchangiga issiq jismni tekkiz-sangiz, issiqlik haqidagi informatsiya (axborot) chuvalchangga taʼsir qiladi va buning oqibatida chuvalchang tanasini issiqlikdan olib qochadi. Bu oddiy himoyalanish refleksidir. Murakkab jonli organizmlarda psixik I. roʻy beradi. Bu I. ning oliy shaklidir. Odamlar orasida esa soʻzlar orqali fikr almashish hodisasiga asoslangan ijtimoiy I. mavjud. Ijtimoiy guruhlarning oʻzaro taʼsiri oqibatida ijtimoiy I. ning murakkab shakllari namoyon boʻladi.
I. murakkab fizik, kimyoviy, biologik, psixik va ijtimoiy jarayon boʻlib, bu jarayonda ishtirok etuvchilar oʻrtasida modda, energiya va axborot almashinish hodisasi roʻy beradi.
Borliqning tuzilish holatiga mos ravishda I. ham turli xil boʻladi. Noorganik holatda mexanik, fizik va kimyoviy I. turlari uchrasa, organik holatda esa biologik I. taʼsirlanish, murakkab reflektiv jarayonlar, in-stinktlar, irsiy oʻzgarishlar koʻri-nishida namoyon boʻladi. Ijtimoiy holatda esa insonning ruhiy, ijodiy, intellektual faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jamoaviy xattiharakatlarida, ijtimoiy oʻzgarishlarda, umumbashariy miqyosidagi muammolarning vujudga kelishi shaklida roʻy beradi. Mas, hozirgi zamonda butun sayyoramiz mikyosida vujudga kelgan ekologik vaziyat ham jamiyat faoliyatining tabiatdagi I. idir.
Sharq falsafasidagi inson oʻzining har bir nooʻrin xattiharakatlari uchun qaysidir bir paytda javob berishi muqarrar ekanligi haqidagi hikmatli ran "har qanday taʼsir oʻzining aks taʼsiriga egadir" degan maʼnoni beradi.
I. ning oniy, bir lahzali, davomiy, uzoq muddatli va zanjirli kechuvchi turlari bor.
Baxtiyor Toʻrayev.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |