Inʼyeksiya (geol.) — magmaning turli togʻ jinslari, yer boʻshliklari, darzlari va choʻkindi jinslarning kotlami oraliqlariga joylashishi. I. terminini birinchi boʻlib amerikalik olim R. O. Deli (1914) ishlatgan. Magma slanetslarning oraliqlarini toʻldirib, inʼyeksion gneyslar hosil qiladi. I. tokembriy jinslariga xos boʻlib, Oʻzbekistonning magmatik jinslar keng tarqalgan rayonlarida uch-raydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil