In the Year 2525

Zager and Evans ijro etgan qoʻshiq

In Year 2525 (Exordium & Terminus)“ (tarjimasi „2525-yilda (Muqaddima va xotima)“) – AQShda tuzilgan Zager and Evans pop-rok dueti ijro etgan qoʻshiq. Tarona 1969-yil 12-iyuldan boshlab olti hafta davomida „Billboard Hot 100“ xit-paradida birinchi pogʻonada turgan[3]. Oʻsha yilning avgust va sentyabr oylarida uch hafta davomida Buyuk Britaniyaning singllar xit-paradida birinchi pogʻonani egallab turgan[4]. Qoʻshiq 1964-yilda Rick Evans tomonidan yozilgan va bastalangan. Dastlab 1968-yilda „Truth Records“ nomli kichik mintaqaviy rekord leybl tomonidan chiqarilgan[5]. Keyinchalik qoʻshiq RCA Records eʼtiboriga tushgan. Zager and Evans dueti 1971-yilda tarqab ketgan.

„In the Year 2525 (Exordium & Terminus)“

RCA leybli chiqargan reliz
Zager and Evans qoʻshigʻi
„2525 (Exordium & Terminus)“ albomidan
B tomon „Little Kids“
Chiqarilgan sanasi 1969 (Truth Records leybli)
1969-yil aprel (RCA Victor leybli)[1]
Yozib olingan 1969, Odessa, Texas
Janr Folk-rok, psixodelik rok,[2] mariachi
Davomiyligi 3:10 (Truth Records leybli)
3:15 (RCA Victor leybli)
Leybl Truth Records; RCA Victor
Matn muallif(lar)i Rick Evans
Prodyuser(lar) Zager and Evans
Zager and Evans singllari xronologiyasi
In the Year 2525
(1969)
„Mr. Turnkey“
(1969)
Klipi
„In Year 2525 (Exordium & Terminus)“ YouTubeda

Zager and Evans dueti bir marta xit ashula chiqargan xolos. 2021-yil holatiga koʻra, duet ham AQSh, ham Britaniyada xit ashula yozib, karyerasi davomida na AQSh, na Britaniya xit-paradlariga boshqa kirmagan yagona sanʼakorlardir. Duetning RCA Victor leybli ortqali chiqarilgan keyingi singli – „Mr. Turnkey“ qoʻshigʻi Kanada pop chartlarida 48-[6], Kanada AC xit-paradida 41-oʻringacha koʻtarilgan xolos[7]. Duetning yana bir singli – „Listen to the People“ qoʻshigʻi Kanadada „Cashbox“ jurnali chartining eng quyi 100-pogʻonasini egallagan, Kanada xit-paradida esa 96-pogʻanaga koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan[8]

Qoʻshiq yangi texnologiyalar passiv qabul qilinib, insonlarning ularga qaramligi oshib borayotgani haqida boʻlib, 1960-yillarning yakunida koʻpchilik uchun bu mavzu aktual boʻlgan[9]. „In Year 2525 (Exordium & Terminus)“ qoʻshigʻi Apollon 11 Oyga qoʻnish missiyasi davomida „Billboard Hot 100“ singllar xit-paradida birinchi oʻrinni egallab turgan boʻlgan.

Qoʻshiq 1968-yilda Texasning Odessa shahridagi yaylovda joylashgan studiyada deyarli bir urinishda yozib olingan[10]. Qoʻshiqni yozib olishda Odessa simfoniyasi aʼzolari ham ishtirok etishgan. „In Year 2525 (Exordium & Terminus)“ qoʻshigʻi kamida 60 marta yetti tilda kaver qilingan[11][12]. Jumladan, Zager and Evans dueti qoʻshiqni italyan tilida „Nell’Anno 2033“ nomi bilan kuylagan.

Manbalar tahrir

  1. „Zager And Evans - In The Year 2525 (Exordium And Terminus)“. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  2. „Zager & Evans - In The Year 2525“. Discogs. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
  3. The Hot 100, Week of July 12, 1969 – Billboard.
  4. Roberts, David. British Hit Singles & Albums, 19th, London: Guinness World Records Limited, 2006 — 236 bet. ISBN 1-904994-10-5. 
  5. Miller. „Hit song of 1969 recorded in Odessa“. News OK (19-avgust 2011-yil). Qaraldi: 2016-yil 2-oktyabr.
  6. „RPM Top 100 Singles - 8-noyabr 1969-yil“.
  7. „RPM Top 50 Adult - 8-noyabr 1969-yil“.
  8. „RPM Top 100 Singles - 10-yanvar 1970-yil“.
  9. Reynolds, Tom. I Hate Myself and Want to Die: The 52 Most Depressing Songs You've Ever Heard. Milsons Point, N.S.W.: Random House, 2005 — 85 bet. ISBN 1-74166-020-3. 
  10. „Drummer on only No. 1 hit to come out of Lincoln dies at 72 | Local“. Journalstar.com (2015-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 2-oktyabr.
  11. „All versions of Some musics“. Alltheversions.blogspot.com (30-sentyabr 2010-yil). Qaraldi: 2010-yil 5-oktyabr.
  12. „Zager & Evans Nell'anno 2033“. YouTube.

Havolalar tahrir