Indaur, Indur – Hindistonning markaziy qismidagi shahar, MadhyaPradesh shtatida. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni va savdo-sanoat markazi. Aeroport bor. I.dan Dehli – Mumbay avtomobil yoʻli oʻtgan. Ip gazlama i.ch. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Paxta tozalash, oziq-ovqat, metallsozlik va mashinosozlik, kimyo korxonalari bor. Oʻsimliklardan sanoatda foydalanish instituti ochilgan. I. 1818—1950-yillarda Indur knyazligining poytaxti, 1950—56-yillarda Madhya-Bharat shtatining maʼmuriy markazi boʻlgan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil