Indigirka
Indigirka - Sharqiy Sibirning shim.sharqidagi daryo. Uz. 1726 km, hav-zasining mayd. 360 ming km2. I. Xastax va Tarin-Yuryax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga delta (mayd. 5,5 ming km2) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Kuydusun, Kyuente, Elgi; oʻngdan — Nera. Yomgʻir, qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Okt. da muzlab, mayning oxiri — iyulning boshida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi 1850 m3/sek. Baliq ovlanadi. Moma daryosi qoʻshilgan joydan (1154 km masofada) kema qatnaydi.[1]
Indigirka | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 726 km |
Maydoni | 5 500 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | Rossiya |
Indigirka |