Indigo (isp. indigo, lot. indicum, yun. indicos — hindcha, qindniki), [(bis(Z-okso-2 indolinilidei), 2,2- bisindolindigo] — koʻk-qizgʻish rangli kristall, 390—392° da parchalanish bilan eriydi, nitrobenzol, anilin, xloroform, muz holdagi sir-ka kislota, konsentrlangan sulfat kislotada eriydi; suvda, ishqorlar eritmalarida, etil spirti va dietil-efirda erimaydi.

I. qadimiy, katta amaliy ahamiyat kasb etgan tibbiy boʻyoqlardan hisoblanadi. Uni Indegorera va indigo tutuvchi oʻsimliklardan olishgan. 19-asr da arzon va toza sintetik I. hosil qilin-di hamda uni sanoat miqyosida olina boshlandi. I. oson qaytariladi, sul-folash, galogenlash va shu kabi elektrofil oʻrin almashinish reaksiyalariga kirishadi. Uning rangi nur taʼsiriga chidamli, nam holatda ishlashga, ishqalanganda ezilmaydigan va xlor taʼsiriga kam beriladigan xususiyatlari bilan ajralib turadi. I., asosan, sellyuloza tolalaridan qilingan ma-teriallarni boʻyashda, shuningdek, turli maqsadlarda ishlatiladigan pigmentlar i.ch. da qoʻllaniladi. [1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil