Indikatorlar(kimyoda) -tekshiriladigan eritmadagi biror komponent konsentratsiyasining oʻzgarishi bilan rangi, lyuminessentsiyasini oʻzgartiradigan yoki choʻkma hosil qiladigan moddalar. Asosan, kimyoviy reaksiya tugaganini yoki eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiya-sini titrimetrik tahlilda ekvivalent nuqtasini (titrlashning oxirgi nuqtasini) aniqlash uchun qoʻllaniladi.Reaksiya pirovardida tekshirilayotgan eritma rangi oʻzgaradi.Eritma tiniq boʻlgan boʻlsa, rangsiz yoki rangli choʻkma hosil boʻladi yoki aksincha, loyqa yoʻqoladi.

Kislota-asos indikatorlari — muqitda vodorod ionlari konsentratsiyasi (rN) turlicha boʻlganda rangini oʻzgartiradigan moddalar. Neytrallash reaksiyasi uchun ishlatiladi; mas, neytral muhitda rangsiz boʻlgan fenolftalein ishqoriy muhitda qizaradi. Rangli choʻkmalar hosil qiladigan maxsus (adsorb-sion) koʻpincha choʻktirish reaksiyalari uchun tekshiriladigan eritmalar bilan rangli eruvchan birikmalar qosil qiladigan (kompleksa-nometrik) kompleks hosil qilish reaksiyalari uchun ishlatiladi. Oksidlansh-qaytarilshi reaksiyalari uchun baʼzan maxsus yod bilan titrlashda kraxmal sifatida qoʻshiladi, u yod taʼsirida koʻk tusga kiradi. Aksari oksidimetrik titrlash reaksiyalari uchun umumiy oksidlovchiqaytaruvchi (oksidlanish yoki qaytarilishi bilan rangini oʻzgartiradigan organik moddalar) qoʻllaniladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil