Indonez tillari
Indonez tillari - malayyapo lineziya (yoki avtroneziya) tillari oilasiga mansub tillar. Filippin, Tayvan, Katta va Kichik Zond, Malukka o., Malakka ya. o., Jan. Vyetnam baʼzi hududlari va Madagaskar o. da tarqalgan.
I. t. lingvistik jihatdan kam oʻrganilgan boʻlib, ularni ilmiy tasniflash ancha mushkul. Ilk tasniflarga koʻra, I. t. lar 8 guruhga (fransuz olimi G. Ferran) yoki 16 guruhga (niderland olimi Ya. Gonda) boʻlinadi. I. t. lar ichida eng koʻp tarqalgashtari: indonez tili; malayya tili; yava tili; sundan tili (Yava o. jan.-gʻarbiy qismida tarqalgan); shagal tili; malaga-siya tili. Umumiy belgisiga koʻra, bu tillar amorf tillar hisoblanadi, oʻzak oldidan va ketidan keladigan qoʻshimchalarga ega. Unlilar tizimi deyarli bir jinsli, monoftong va diftonglar mavjud. Undosh fonemalar tarkibi ayrim I. t.da sezilarli farq qiladi. Koʻpgina Filippin tillarida "f", "v", uchramaydi, yava tilida esa serebral (talaffuz vaqtida til orqaga qayriladigan) "t" "d" tovushlar bor.
Shunga qaramay ayrim tillar va tillar guruhlari oʻrtasida muntazam fonetik muvofiqlik kuchli namoyon boʻladi. Boʻgʻin bu tillarning koʻpchiligida ochiq. Nutq boʻlaklari morfologik jihatdan kuchsiz differensiyalashgan, ularni hind-yevropa tillariga qiyosan farqlash mumkin emas.
Soʻz turkumlari farqlash boʻyicha turli mezonlar fransuz olimi P. Favr, A. Map de Maren, niderland olimi X. Giyendelo va b. tomonidan tav-siya etilgan. Baʼzi olimlar ism, ol-mosh, sonlar, predikatlarni (jarayon va sifatni ifoda etuvchi soʻzlarni), yordamchi soʻzlar, undosh soʻzlarni ajratib koʻrsatganlar. Lugʻat tarkibi etimologik jihatdan deyarli mos keladi. Yangi soʻzlar, asosan (oʻzak oldiga, oʻrtasiga va oxiriga qoʻshiladigan), qoʻshimchalar yordamida hamda oʻzak morfemalarni ikkilantirish (orttirish), soʻzlarni qoʻshish hisobiga yasaladi. Lugʻat boyligi chet (sanskrit, arab, fransuz, ingliz va b.) tillardan soʻz oʻzlashtirish hisobiga ham boyiydi.
I. t. ning barchasida lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalaniladi. Bu tillarda oʻziga xos badiiy-adabiy asarlar mavjud.
Ad.Arakin V. D., Indoneziysiyeyaziki, M., 1965.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |