Indov, eruka (Yeshsa sativa Lat.) — butguldoshlar (Crucifearae) oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik, moyli ekin. Yevropaning janubi, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Shim. va Sharqiy Afrikada 5—6 turi uchraydi. Kichik Osiyo, Efiopiya, Hindiston, Oʻrta Osiyoda moyli ekin sifatida ekma I. (Ye. sativa) ekiladi. Ildizi oʻq ildiz, sershox. Poyasi shoxlanib tik oʻsadi. Boʻyi 20— 80 sm. Bargi choʻzinchoq, chetlari tishchali, pastki barglari bandli, yuqori-dagilari bandsiz. Gullari sariq yoki oq binafsha rang , yon shoxlarining uchlarida bir nechta toʻp boʻlib joylanadi. Mevasi toʻrt qirrali, koʻp urugʻli, uz. 20–25 mm, li qoʻzoqcha, uchida uzun burunchasi bor. Urugʻi mayda, yashil, kulrang , uz. 2–3 mm, eni 1,21,5 mm. 1000 dona urugʻ vazni 2,5—3,5 g . Erta bahorda ekiladi. Apr. oxiri — mayda gullaydi, mevasi iyul—avg . da yetiladi. Urugʻi tarkibida 26—35% chala quriydigan moy, glyukoerutsin glikozidi, bargida flavoin glikozidi va b. bor. Yogʻi oziq-ovqatda va texnikada qoʻllaniladi. Il gari Oʻzbekistonda lalmi yerlarda moy olish uchun koʻp ekilgan. Ayni paytda Oʻrta Osiyo va Sibirda begona ut hisoblanadi. Baʼzi ekinlar, xususan, zigʻirzorlarda usib, zarar keltiradi. Tabobatda urugʻi ishtaha ochish va yaralarni (moyi qoʻtirni) davolash uchun qoʻllaniladi. I. moyi qoramtir, oʻtkir hidli, taxir, suyuq bulib, so-vun ishlab chiqarishda, toʻqimachilikda hamda lokbuyoq sanoatida ishlatiladi.

Halima Otaboyeva.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil